Умумий ер билими

Ushbu kitob umumiy yer bilimi fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun qo'llanma bo'lib, pedagogika institutlarining "Tabiatshunoslik" fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining Davlat Ta'lim Standartlari asosida tuzilgan. Unda talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlash, o'tilgan mashg'ulotlarni mustaqil o'zlashtirish, rasmlar, kartalar va jadvallar tahlili orqali tabiiy geografik qonuniyatlarni o'rganishga yo'naltirilgan topshiriqlar berilgan. Qo'llanmada Olam, Koinot, Quyosh sistemasi, Yerning harakatlari, Yer tuzilishi, Yer qobiqlari, atmosfera, gidrosfera, litosfera, biosfera, geografik qobiq va insoniyat jamiyati haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Litosfera yuzasining relyefi: Endogen va экзоген jarayonlar ta'siri, relyef hosil qiluvchi omillar, burmali strukturalar, yoriqli strukturalar, denudatsiya va akkumulyatsiya jarayonlari
  • Quruqlikning geotekstura va morfolstrukturasi: Geotekstura tiplari, platformalar, orogenik oblastlar, tektonikaning relyefga ta'siri
  • Zilzila va vulqonizm: Zilzila sabablari, gipotsentr va epitsentr, seysmik mintaqalar, vulqonlarning landshaftga ta'siri
  • Daryo vodiysining relyefi: Daryo tizimlari, vodiy tiplari, terrassalar, meandrlar, daryo o'zanining shakllanishi
  • Suffoziya va surilma relyefi: Suffoziya ta'rifi, hosil bo'lish sharoitlari, surilma elementlari, surilmalarning relyefga ta'siri
  • Karst relyefi: Karst massivlari, gidrogeologik zonalar, karst tiplari, karst rivojlangan hududlar
  • Glyatsial va nival relyef: Muzlik morena tiplari, relyef shakllantirishdagi roli, tog'larda karst
  • Muzloq o'lkalar relyefi: Ko'p yillik muzloq yerlar, relef shakllari, muz tomirlari
  • Eol relyef: Shamollar ta'sirida hosil bo'ladigan relef shakllari, cho'llar
  • Qirg'oqlar relyefi: Oken va dengiz qirg'oqlari relef shakllari, qirg'oq tiplari
  • Okean tagining relyefi: Okean tagi megarelyefi, zonal relef, okean cho'kmalari