Agrokimyo

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo'jalik instituti tomonidan agrokimyo fani bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Oliy ta'lim muassasalarining Agronomiya, O'simliklar himoyasi va karantini, Qishloq xo'jalik ekinlari urug'chiligi va seleksiyasi, Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, Kasbiy taʼlim (Agronomiya), va Ipakchilik taʼlim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarga agrokimyo fani bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Agrokimyo laboratoriyasida ishlaganda asosiy xavfsizlik texnikasi. Eritmalar. O'simlik namunasini olish va analizga tayyorlash: Agrokimyo fanining asosiy vazifalari, tuproq tahlili orqali meliorativ tadbirlarni aniqlash, o'simlikni kimyoviy tahlil qilish, ekinlarning oziq elementlariga talabini aniqlash, o'simliklarni oziqa elementlari bilan ta'minlash, o'g'it tarkibini o'rganish, tekshirish natijalariga asosan o'g'it me'yorini belgilash va oziqlantirishni differensiallash. Laboratoriyada ishlashda asosiy xavfsizlik qoidalari, kislota va ishqorlar bilan ishlash qoidalari, kuyish va zaharlanish hollatida birinchi yordam ko'rsatish, va namuna olish qoidalari keltirilgan.
  • O'simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni aniqlash: O'simlik tarkibidagi quruq modda va namlikni 100-105°C da quritish shkafida quritish va hisoblash. Gigroskopik namlik, o'simliklar tarkibida quruq modda va namlikni aniqlashning ahamiyati. Quruq modda va gigroskopik namlikni quritilgan namunadan aniqlash usuli. Quritilgan va yangi uzilgan o'simlik namunalaridan quruq modda va namlikni aniqlash.
  • O'simlik tarkibida «xom kul» miqdorini aniqlash: O'simlik tarkibidagi xom kul miqdorini mufel pechida kuydirib aniqlash. Xom kulning ta'rifi va o'simlik organlarida kulning miqdori, kulning tarkibi va ahamiyati, quruq usulda kul hosil qilish, bajarish tartibi va natijani hisoblash.
  • O'simlik tarkibidagi moyni «quruq qoldiq» usulida aniqlash: O'simlik tarkibidagi moyni Sokslet apparatida quruq qoldiq usulida aniqlash. Moylarning ahamiyati va tarkibi, o'simliklar tarkibida moy miqdori, moyni aniqlash usuli, Yeremenko va Sokslet apparatining tuzilishi va ishlash tartibi.
  • O'simliklarda nitratli azot miqdorini disulfofenol kislotasi yordamida aniqlash: O'simliklar tarkibidagi nitrat azotini disulfofenol kislotasi yordamida aniqlash. O'simliklarda azotning ahamiyati, nitratlarning cheklangan miqdori, usulning mohiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash.
  • K. Ginzburg usulida o'simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlash: K. Ginzburg usulida O'simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlash. O'simliklar oziqlanishida azot, fosfor va kaliyning ahamiyati, usulning mohiyati, bajarish tartibi, azotni aniqlash, fosforni aniqlash va natijalarni hisoblash.
  • O'simlik tarkibidagi oqsil azotini Barnshteyn bo'yicha aniqlash: O'simlik tarkibidagi oqsil azotini barnshteyn bo'yicha aniqlash. Oqsil azotini aniqlash uslubi, bajarish tartibi, natijalarni hisoblash.
  • Daladan tuproq namunasini olish uni tahlilga tayyorlash. Tuproq suvli so’rimidan quruq qoldiqni aniqlash. Tuproq (pH) ni N.I. Alyamovskiy usulida aniqlash. Tuproq ishqoriyligini aniqlash: Tuproq namunalariini olish tartibi, tuproq namunasini tekshirishga tayyorlash, tuproq suvli so'rimini tayyorlash, quruq qoldiqni aniqlash, tuproq muhiti reaksiyasi (pH) ni aniqlash, tuproq ishqoriyligini aniqlash.
  • Tuproq tarkibidagi nitrat azoti miqdorini Granvald-Lyaju usuli bo'yicha aniqlash: Tuproq tarkibidagi nitrat azoti miqdorini Granvald-Lyaju usuli bo'yicha aniqlashning ahamiyati, uslubning mohiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash
  • Singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni Nessler reaktivida aniqlash: Nessler reaktivi yordamida singdirilgan ammoniy shaklidagi azotni aniqlashning ahamiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash
  • Karbonatli tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyni B.P. Machigin usulida aniqlash: Machigin usuli bo'yicha karbonatli tuproqlar tarkibidagi harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliyni aniqlashning ahamiyati, uslubning mohiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash
  • Tuproqdagi yalpi N, P, K miqdorini (bir namunadan) aniqlash: Tuproqdagi yalpi N, P, K miqdorini (bir namunadan) aniqlashning ahamiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash
  • Mineral o'g'itlarni sifat reaksiyalari yordamida turini aniqlash: Mineral o'g'itlarni sifat reaksiyalari yordamida turini aniqlashning ahamiyati, reaktivlar va asbob uskunalar, bajarish tartibi, suvda eriydigan o'g'itlarni aniqlash, suvda erimaydigan o'g'itlarni aniqlash
  • Selitra tarkibidagi azotni ishqoriy muhitdagi aralashmadan Devard usulida aniqlash: Selitra tarkibidagi azotni ishqoriy muhitdagi aralashmadan Devard usulida aniqlashning ahamiyati, uslubning mohiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash
  • Go'ng tarkibidagi N, P, K mikdorini aniqlash: Go'ng tarkibidagi N, P, K mikdorini aniqlashning ahamiyati, uslubning mohiyati, bajarish tartibi va natijani hisoblash