Бизнес маркетинги
Ushbu kitob "Biznes marketingi" fanining ishchi o'quv dasturi bo'lib, unda fanning maqsad va vazifalari, o'quv soatlari taqsimoti, mavzular, ularning rejalari va tavsiya etiladigan adabiyotlar keltirilgan. Shuningdek, talabalar bilimini baholash mezonlari, mustaqil ish mavzulari va fan bo'yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati ham o'rin olgan.
Asosiy mavzular
- Biznes marketingining nazariy asoslari: "Biznes" tushunchasi, biznes bosqichlari, "Biznes marketing" fanining predmeti, o'rganish usullari, obyekti, maqsadi va muhiti.
- Sanoat marketingi: Sanoat tovarlari bozorining shakllanishi, hozirgi ahvoli, tasnifi, respublikada rivojlanish xususiyatlari, sanoat tovarlari marketingining o'ziga xos xususiyatlari, mohiyati, maqsadi, usullari va asosiy tamoyillari.
- Iшлаб chiқариш vositalari bozorida marketing: Ishlab chiqarish vositalari bozoridagi tovarlarning xususiyatlari va turkumlash, ishlab chiqarish vositalarini tasniflash va kodlashtirish, reklama, ishlab chiqarish vositalari marketing strategiyasi va taktikasi.
- Iste'mol tovarlari marketingi: Iste'mol bozoridagi tovarlarning xususiyatlari va turkumlash, iste'mol tovarlari bozori asosiy sub'ektlarining tavsifi, iste'mol tovarlari marketingining strategiyasi va taktikasi, ilg'or chet el tajribasi.
- Agrosanoat kompleksida marketing: Respublikada qishloq xo'jaligi rivojining xususiyatlari, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida marketingdan foydalanish imkoniyatlari, agromarketingning o'ziga xos xususiyatlari, agromarketing funksiyalari va axborot tizimi.
- Kapital qurilish obyektlari marketingi: Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida kapital qurilishning ahamiyati, kapital qurilish obyektlari marketingining o'ziga xos xususiyatlari, kapitalla qurilish obyektlariga talab va ehtiyojni o'rganish, KKO ini sotish buyicha kompleks faoliyatini tahlil qilish, KKO bozorida raqobatni tahlil qilish va raqobatbardoshlik omillari.
- Intellektual mahsulotlar bozorida marketing: Intellektual va sanoat mulki tushunchasi, intellektual mulk sohasida marketingdan foydalanish xususiyatlari, intellektual mahsulotlar bozori, litsenziyalar bozori, xizmatlar bozori.
- Notijorat marketingi: Notijorat marketingining mohiyati, notijorat marketingi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar, notijorat marketingida taqsimot jarayoni, siyosiy marketing.
- Bank faoliyati marketingi: Bank xizmatlari marketingining mohiyati va ahamiyati, bank marketingining maqsadi va asosiy funksiyalari, O'zbekistonda bank marketingini shakllantirish.
- Qimmatli qog'ozlar bozorida marketing: Qimmatli qog'ozlar bozorining shakllanishi, rivojlanish xususiyatlari, qimmatli qog'ozlar marketingining o'ziga xos xususiyatlari, marketing strategiyasiga quyiladigan talablar, qimmatli qog'ozlar bozorini segmentlash.
- Xorijiy investitsiyaga ega korxonalarda marketing: O'zbekiston Respublikasida qo'shma korxonalarni iqtisodiyotdagi o'rni va ahamiyati, qo'shma korxonalarda marketingdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari, qo'shma korxonalar rivojining asosiy yo'nalishlari, biznes reja va qo'shma korxona marketing dasturi.
- Kichik biznesda marketing: Kichik biznes sub'ektlari marketing kompleksining xususiyatlari, kichik biznes sub'ektlarda marketing faoliyatini tashkiliy holati, marketing muhitining shu kungi holati, kichik biznes sub'ektlari samaradorligini yuksalishida marketingning ta'siri, kichik biznesda bashoratlashning o'ziga xos xususiyatlari.
- Axborot texnologiyalari sohasida marketing: Informatsiya tijorat taqsimoti obyekti sifatida, ma'lumotlar mazmuni, ularni yetkazish shakli, ma'lumotlar bazasi, avtomatlashtirilgan ma'lumotlar banki, interaktiv texnologiya, informatsion marketing, informatsion mahsulotlar hayotiylik davri.
- Innovatsiya marketingi: Innovatsion faoliyat marketingining mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, innovatsiyalar bozorining davlat tomonidan tartibga solinishini kuchaytirish, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida innovatsiya marketingining roli.
- Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi: "Tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi" tushunchasi, xalqaro firmalar faoliyatini boshqarishda marketing maxsus funksiya sifatida, TIF marketing faoliyati strategiyasini ishlab chiqish va asoslash, xalqaro firmalar marketing faoliyati texnologiyasi, ishlab chiqarish bo'yicha marketing dasturini yaratish.