Bolalar adabiyoti va folklor

Ushbu kitob oʻzbek bolalar adabiyoti va folkloriga oid materiallarni oʻz ichiga oladi. Unda oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan, mumtoz adabiyot vakillarining bolalarga oid asarlaridan hamda XX asr va mustaqillik davri bolalar adabiyotidan namunalar keltirilgan. Kitobning asosiy maqsadi bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ma'naviy dunyosini boyitish va estetik didini shakllantirishga xizmat qilishdir.

Asosiy mavzular

  • Oʻzbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi va taraqqiyoti: Bu mavzu oʻzbek bolalar adabiyotining shakllanish jarayonini, uning folklor bilan bogʻliqligini, shuningdek, turli davrlarda yozilgan asarlarning xususiyatlarini yoritadi. Mumtoz adabiyot namoyandalari va ularning bolalar adabiyotiga qoʻshgan hissasi ham koʻrib chiqiladi.
  • Bolalar folklori va uning janrlari: Bolalar folklorining oʻziga xos xususiyatlari, janrlari, ularning bolalar tarbiyasidagi ahamiyati, shuningdek, oʻyinlar, qoʻshiqlar, ertaklar va boshqa folklor namunalarining badiiy tahlili keltiriladi. Unda, alla, ertak va topishmoqlar kabi bolalar folklorining rang-barang janrlari yuzasidan tushuncha berish ko'zda tutiladi.
  • XX asr bolalar adabiyoti: XX asr bolalar adabiyotiga milliy uygʻonish gʻoyalarining kirib kelishi, ma'naviy-axloqiy, ma'rifiy-tarbiyaviy gʻoyalarning targ'ib qilinishi, M.Behbudiy, H.H.Hamza, S. Ayniy, A.Avloniy va Ibrat asarlarida ta'lim-tarbiya masalasining qo'yilishi kabi jihatlar tahlil etiladi. 30-yillar va urush davri bolalar adabiyoti ijodkorlarining hayoti va faoliyati, asarlarining g'oyaviy-badiiy, tarbiyaviy-ma'naviy ahamiyati haqida fikr yuritiladi.
  • Istiqlol davri bolalar adabiyoti: Yangi davr bolalar adabiyotida shaxs erkining yangicha talqini. A.Obidjon, T.Adashboev, H. Imomberdiev, A.Akbar ijodi. Oʻzbek bolalar publitsistikasining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Jahon bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichlari: Rus va chet el bolalar adabiyotning oʻzbek bolalar adabiyotiga ta'siri, adabiy aloqalar, rus va chet el bolalar adiblarining hayoti va ijodini oʻrganish, asarlarini tahlil qilish, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritiladi.