Hududiy ishlab chiqarish komplekslarining nazariy asoslari
Ushbu kitob hududiy ishlab chiqarish komplekslari nazariyasining asoslarini, xususan ularni shakllantirish va rivojlantirishda energiya ishlab chiqarish sikllarining tutgan oʻrnini yoritadi. Shuningdek, iqtisodiyotni hududiy tashkil etishning asosiy omillari hamda ilmiy tadqiqot usullari batafsil bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish: Bu mavzu mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi kuchlarni to'g'ri joylashtirish, viloyatlar va iqtisodiy rayonlar imkoniyatlaridan bozor munosabatlariga o'tish davrida samarali foydalanish hamda hududiy ishlab chiqarish komplekslarini (XICHK) shakllanishida muammolarni aniqlashni ko'rib chiqadi.
- Ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish nazariyasi: Bu mavzu ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning umum nazariy masalalari va joylashtirish omillari yoritadi. Ishlab chiqarishni joylashtirishda xorijiy olimlarning nazariyalari va talqin qilingan.
- Hududiy ishlab chiqarish komplekslarining nazariy masalalari fanining maqsadi va vazifalari: Bu mavzu iqtisodiy va ijtimoiy geografiya asosini bir qator ilmiy g'oya (kontseptsiya), tushuncha va qonuniyatlar tashkil etishiga bagʻishlangan
- Xududiy mexnat taqsimoti va ishlab chiqarishni joylashtirish: Bu mavzu respublikamiz hududida qanday iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilayotganiga, hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiyot uchun qanday ahamiyat kasb etishiga bagʻishlangan.
- Ishlab chiqarishni joylashtirishga taʻsir etuvchi omillar: Bu mavzu insonlar mehnati hamda aql zakovati tufayli ularning har xil faoliyatlari rivoj topishi bilan ijtimoiy hayot ham murakkablashib borganiga bagʻishlangan.
- Tarmoqlar va tarmoqlararo komplekslar: Ushbu mavzu yordamida hududlararo aloqalarni, transport xizmatini qanchalik darajada yaxshi ekanligini ham bilib olishimiz mumkin.
- XICHM-LARINI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIDA ENERGIYA ISHLAB CHIQARISH SIKLLARINING AXAMIYATI: Energiya ishlab chiqarish tsikllarining ahamiyatini hamda O'zbekistonda shakllangan energiya ishlab chiqarish tsikllarini (EICHQ) o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.