Odam anatomiyasi
Ushbu kitob, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan, Navoiy davlat Pedagogika Instituti o'qituvchilari Ilyasov A.S va Shodieva O.M. tomonidan yaratilgan bo'lib, tibbiyotga aloqador bo`lmagan oliy ta'lim muassasalari talabalari, tibbiyot kolleji o'quvchilari va o`qituvchilari uchun mo'ljallangan. Qo`llanmada odam anatomiyasi, mikroskop bilan ishlash, hujayra tuzilishi, to'qimalar, suyaklar, muskullar va boshqa organlar sistemalari haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Odam anatomiyasi: Odam tanasining tuzilishi, organlar va sistemalarining joylashuvi, vazifalari va o`zaro bog`liqligi haqida ma`lumotlar beradi.
- Mikroskop haqida umumiy maʼlumot: Mikroskopning tuzilishi, qismlari, ishlash tartibi, elektron mikroskop va uning afzalliklari haqida ma`lumot beradi.
- Hujayra va to`qimalar: Odam organizmining hujayraviy tuzilishi, to`qimalarning turlari, tuzilishi va vazifalari haqida ma'lumot beradi.
- Tayanch-harakat tizimi: Suyaklarning tuzilishi, turlari, birikish usullari, shuningdek muskullar va ularning vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Ichki a'zolar: Nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik ajratish, qon aylanish sistemalari organlarining tuzilishi va vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Nerv sistemasi: Nerv hujayralari, nerv tolalari, orqa miya, bosh miya va ularning tuzilishi hamda vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Sezgi organlari: Ko'z, quloq, teri va boshqa sezgi organlarining tuzilishi, vazifalari haqida ma'lumot beriladi.
- Endokrin bezlar: Ichki sekretsiya bezlari va ularning gormonlari, vazifalari haqida ma'lumot beriladi.