Ma'ruza matnlari

Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat huquqining umumiy va maxsus qismlarini, shuningdek, jinoyat tushunchasi, belgilari, jinoiy javobgarlik asoslari, jazo turlari va ularni qo‘llash masalalarini yoritadi. Shuningdek, kitobda ayrim jinoyat turlari, ularning tarkibi va kvalifikatsiya qilish masalalari ham batafsil ko‘rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, vazifalari va printsiplari: Jinoyat huquqining tushunchasi, predmeti, vazifalari va printsiplari, jinoyat huquqi tizimida umumiy va maxsus qismlarning o'rni, jinoyat qonunchiligining manbalari va rivojlanish tendensiyalari.
  • Jinoyat qonuni: Jinoyat qonunining tushunchasi, tuzilishi va tizimi, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining ahamiyati, jinoyat qonunining sharhlash va qo'llanilishi.
  • Jinoyat tushunchasi: Jinoyat tushunchasi, uning belgilari, jinoiy javobgarlik asoslari, jinoyatning ijtimoiy xavfliligi, aybning shakllari, jinoyat tasnifi.
  • Jinoyat tarkibi: Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning ahamiyati, jinoyat ob'ekti va ob'ektiv tomoni, jinoyatning sub'ekti va sub'ektiv tomoni.
  • Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar: Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari, kam ahamiyatli qilmishlar, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish.
  • Jinoyatda ishtirokchilik: Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, jinoyatda ishtirokchilarning turlari, ishtirokchilik shakllari.
  • Tamom bo'lmagan jinoyat: Tamom bo'lmagan jinoyat tushunchasi, turlari va ahamiyati, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatga suiqasd qilish, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish.
  • Bir qancha jinoyat sodir etish: Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi, shakllari va turlari, takroran jinoyat sodir etish tushunchasi, jinoyatlar majmui tushunchasi, retsidiv jinoyat.
  • Jazo tushunchasi: Jazo tushunchasi, maqsadlari va turlari, jinoiy jazolar tizimi, jinoyat kodeksida jazo turlari, asosiy va qoʻshimcha jazolar, jinoyat qonunini liberallashtirish tushunchasi.
  • Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi: Voyaga etmaganlarning jinoiy javobgarligi va jazodan ozod qilish, voyaga etmaganlarga nisbatan qo'llaniladigan jazoning asosiy maqsadlari va vazifalari
  • Shaxsga qarshi jinoyatlar: Shaxsga qarshi jinoyatlar: hayotga qarshi, sog'liqqa qarshi, jinsiy erkinlikka qarshi, oilaga va yoshlarga qarshi jinoyatlar
  • Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari: Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari, asoslari va ularni tayinlash, majburlov choralari tushunchasi va maqsadi