Товаршунослик

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tavsiya etilgan "Tovarshunoslik" fanidan ma'ruzalar matnini o'z ichiga oladi. Kitobda tovarshunoslik fanining nazariy asoslari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining iste'mol xususiyatlari, ularning sifatini aniqlash usullari, standartlashtirish, turkumlash hamda assortimentini shakllantirish masalalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda don, un, non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, meva-sabzavotlar, lazzatli mahsulotlar, sut, go'sht, baliq va ularning qayta ishlangan mahsulotlari, oziq-ovqat yog'lari, nooziq-ovqat tovarlari kabi mahsulotlarning xususiyatlari, tarkibi, sifati va saqlash qoidalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Tovarshunoslik fanining nazariy asoslari: Tovarshunoslik fanining maqsadi va vazifalari, xalq iste'moli tovarlarining iste'mol xususiyatlari, xalq iste'moli tovarlarini standartlashtirish, xalq iste'moli tovarlari sifatini aniqlash usullari, xalq iste'moli tovarlarining turkumlanishi va assortimenti.
  • Don, un va non mahsulotlari: Donlarni klassifikatsiyasi, don mahsulotlarini klassifikatsiyasi, un mahsulotlari, don mahsulotlari, bulka mahsulotlari, teshikqo'lcha mahsulotlari.
  • Qandolat mahsulotlari: Qand, asal, kraxmal va patoka, qandolat mahsulotlari, mevali qandolatlar, shokolad va kakao, konfetlar.
  • Meva va sabzavot va qayta ishlangan tovarlar: Ho'l meva va rezavor mevalar, mevalarning klassifikatsiyasi, sabzavotlarning klassifikatsiyasi, qayta ishlangan meva, sabzavot mahsulotlari va ularni joylash va saqlash usullari.
  • Lazzatli mahsulotlar tovarshunosligi: Choy va choy ichimliklari, kofe va kofe ichimliklari, alkogolli ichimliklar, uzum vinolari, shampan vinolari, konyak mahsulotlari.
  • Sut va sut mahsulotlari: Sut, qayta ishlangan sut mahsulotlari, sut-qatiq mahsulotlari, qimiz, sariyog', pishloq.
  • Go'sht va go'sht mahsulotlari: Go'shtning oziqali qiymati, go'sht mahsulotlarining qiymati, kolbasa mahsulotlari, go'sht konservalari, go'sht va go'sht mahsulotlarini saqlash.
  • Oziq-ovqat yog'lari: Yog'larni klassifikatsiyasi, yog'larni kimyoviy tarkibi, yog'ni ajratib olish texnologiyasi, yog'larni tozalash, yog' assortimentlari, yog'larni joylashtirish, saqlash va tashish.
  • Noorganik kimyo tovarlari: Noorganik kimyo tovarlari haqida tushuncha, Sulfat kislota, nitrat kislota, xlorid kislota.
  • Plastmassa tovarlari: Plastmassa tovarlarining umumiy tavsifi, plastmassalarning tasnif belgilari, termoplastlarning turlari. Ularning vazifasi, tovarlik xossalari, markalash usullari, Polietilen, polipropilin, polistrol, polivinil, ftoroplastlar, poliamidlar
  • Maishiy kimyo tovarlari: Kleylli tovarlar, Lok-bo'yoq tovarlari, Uy ro'zg'or, kiyim tozalash, dog'larni ketkazish va kir yuvishda ishlatiladigan kimyoviy tovarlar, Dezinfinitsiyalashda, ozanotorlar, dezodorantlar va kemiruvchilar va hashoratlarga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy tovarlar.
  • Keramika va sopol tovarlari: Keramika tovarlarini turkumlanishi, tarkibi va tuzilishi, Iste'mol xossalari va shakllantiruvchi omillar, Xom shlyot, Sopil va keramika tovarlarini sifatini baholash usullari.
  • Rezina-texnika buyumlari: Rezina va rezina buyomlari ishlab chiqarish asoslari, Rezina-texnika ash'yolarining xossalari tasnifi va ishlatilishi, Rezina-texnika ash'yolarini saqlash va tashish shartlari