Islom dini asoslari va ma`naviyati
Kitob "Islom dini asoslari va ma'naviyati" fanidan o'quv-uslubiy majmua bo'lib, unda islom dinining shakllanishi, Movarounnahrga kirib kelishi, Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islomiy ilmlar rivojiga qo'shgan hissasi, islomiy axloq masalalari, islomda ma'naviyat va ma'rifatga e'tibor, islom shariati asoslari, ota-ona va farzandlar hamda ustoz va shogird munosabatlari, shuningdek, islom va mas'uliyat kabi masalalar yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Islom dinining vujudga kelishi: Islomning kelib chiqishidagi tarixiy shart-sharoit, islomning davlat diniga aylanishi, jaxiliya davridagi barham berilishi. Islom va iqtisodiy dinlari qadimgi Arabistonga tashki dinlarning kirib kelishi, Islom dinining jamiyat va inson hayotida tub burilish yasagani, YAkka xudolikka da'vat, Hijratgacha bo'lgan davrda islomning rivojlanishi, Hijratning amalga oshishi, Islomiy davlatning qurilishi, Diniy davlatchilikning muddati haqida ma'lumotlar, Ilk muqaddas urushlar (Badr, Uxud, Handaq va boshqa g'azotlar), Makkaning fath etilishi.
- Islomning Movarounnahrga kirib kelishi: Islomgacha Movarounnaxrdagi tarixiy shart-sharoit, arablarning O'rta Osiyoni bosib olishi, islomning Markaziy Osiyo madaniyati va iqtisodiyoti, boshqa jixatlariga ijobiy ta'siri. Arablar Markaziy Osiyoga kelishidan avval maxalliy xalqlarning dinlari, urf odatlari, ularning ijobiy va salbiy jixatlari, Ayollar huquqi, quldorlikning rivojlanishiga keng yo'l berilganligi, islom insoniylikning, ayollarning himoyachisi: quldorlikka qarshi kurashuvchi sifatida dunyo yuziga chiqishi, VII asrda arablarning dinni yoyish maqsaddagi yurishlari, Qutayba ibn Muslimning O'rta Osiyoga kirib kelishi, Islom dini assoida tuzilgan davlatlarning chegarasi kengayishi hisobiga davlat boshqaruvining takomillashuvi, Boj, xiroj va jizya, Markaziy Osiyo madaniyati, iqtisodiyoti va boshqa jihatlariga islomning ijoyuiy ta'siri.
- Dunyoviy davlatning dinga munosabati: Dunyoviy davlat va din, diniy bag'rikenglik g'oyasi, vijdon erkinligi to'g'risidagi qonun. Rivojlangan davlatlarda din bilan davlat o'rtasidagi munosabatlar, diniy bag'rikenglik. O'zbekistondagi dinlar va xalqlarning totuvligi, Islom diniga va unga e'tiqod qiluvchilarga davlat tomonidan ko'rsatilgan sharoitlar, diniy ta'lim.
- Islom sharoiti manbalari: SHariat qonunlarining yaratilishi, fikiosshunos olimlar, dant-xuquqiy mazxablar, shariat manbalari. Arabcha «SHariat» yo'l demakdir. Unda axloqiy me`yor va diniy amaliy talablar. SHariat manbalari qu`ron, Sunnat, Ijmo, qiyos va boshqa manbalar. Ushbularning ilm, fan, madaniyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga keng yo'l berish va insoniyat tarixidagi o'rni. SHariatda amallarning turlari: farz, vojib, sunnat, mustahab, muboh, harom va makruh amallar. Halol va harom tushunchasi. SHariat manbalarining shakllanishida ijtimoiy-siyosiy muhitning ta`siri.
- Islomdagi oqimlar va mazxablar: Sunniylar, SHialar, mazxablar. Ijtimoiy va siyosiy sharoit ta`sirida turli yo'nalish, mazhab va oqimlarning vujudga kelishi, ularning jamiyat taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta`siri. Islomda e`tirof etilgan yo'nalishlar. Sunniylik (ular o'zlarini ahli sunna val jamoa deb hisoblaydilar). SHia (hazrat Ali R.A tarafdorlari). Xavorijlar.
- Markaziy Osiyo buyuk mutafakkirlarining ma`naviy merosi: Islom ma`naviyati va Xadisshunoslik, falsafiy bilimlar rivoji, tabiiy bilimlar rivoji. Islom dini manbalarini o'rganishda Movarounnaxr olimlarining o'rni. Abu Bakr Qaffol SHoshiy, Ulug'bek, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Zamahshariy, Xorazmiy va boshqa mutafakkirlarning dunyo madaniyati va ilm faniga qo'shgan beqiyos ulushlari. Islom ma`naviyati, uning chuqur insonparvar, taraqqiyotparvar ruhini singdirishda Burxoniddin Marg'iloniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Abu Lays Samarqandiy va boshqalarning ilmiy va ijtimoiy faoliyatlari.
- Islomda ilm, ilm axlini ulug'lash va ahloq – odob masalasi: Islomda ilm olishga va ilm axliga munosabat, Islomda muomala madaniyati, Islom ma`naviy kamolotida islom dini, jamiyat odobi, islomiy ahloq. Inson hayotida ilmning o'rni, ilm egalari ikki dunyo yaxshiliklarining egasidir. Hir bir ilm insonni ulug'lash va yaratuvchisini tanishni taqazo etadi. Ustozni e'zozlash, SHogirdning belgilangan vaqtga rioya qilishi, ko'p va o'rinsiz gapirmasligi, faqat ruxsat bo'lsa gapirish, Ustozga tik qaramaslik, malol vaqtida savol so'ramaslik, ustoz o'rniga o'tirmaslik, oldiga tushib yurmaslik, nomini aytib chaqirmaslik va boshqa o'z otasi oldida rioya qilishi kerak bo'lgan odoblarga amal qilishi. Insonlarning bir-biridagi vazifasi, Salomning ma`nosi, Salom berish odoblari, Salomga alik olish tartibi va fazilatlari haqida, Aksirgan kishiga tashmit aytish fazilatlari va boshqa muomilalar.
- Islomda oila va farzand tarbiyasi: Oilaning mukaddasligi, ota-ona va kattalarga munosabat, islomda ota-onani ulug'lash. Oila muqaddasligi. Nikox jamiyatning tanazzuldan saqlovchidir. Zinoning jamiyatga va ayniqsa inson salomatligiga zarari. Ota-ona vazifalari. Farzand burchlari. O'g'il tarbiyasi vaqiz tarbiyasidagi aloxida jixatlar. Hurmat qilsng, hurmat qilinasan, Ota-ona roziligi xudo roziligi. Jannat onalar oyog'i ostidadir.
- Islom va tasavvuf: Tasavvufning vujudga kelishidagi tarixiy shart-sharoit, tasavvuf tariqatlari, tasavvuf ta`limoti olimlari. Tasavvuf nima. Lug'aviy ma`nosi hamda tasavvufning asosiy maqsadi – inson kamoloti, Ruh tarbiyasi, Nafs va riyozat, Tasavvuf ilmida komil inson.
- Islom ahloqini targ'ib etishda payg'ambar va ulug' solix insonlarning o'rni: Islomni targ'ib qilishda Muhammad SAV ning o'rni, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Motirudiylarning xizmatlari. Payg'ambarlar va aziz avliyolar gunoh va kamchiliklardan saqlangan, himoyalangandirlar. Hamma payg'ambarlar Allohning bandalariga yuborilgan elchilar bo'lib, insonlarni o'zlariga ergashtirnish, Allohning amru-farmon va qaytariqlarini etkazish uchun mo`jizalar bilan va ayniqsa, insoniy yuksak fazilatlar bilan qurollantirgandirlar. Sabrli bo'lish, chidamlilik, matonat, bir so'zli bo'lish, yumshoq va shirin muomila, kishilarni foydali ishlarga tashviq etish kabi sifatlari, Dushman va turli zararkunandalarga qarshi kurashda adolat va haqni targ'ib etishda ularning g'ayratlari.