Mantiq
Ushbu kitob mantiq ilmining predmeti, vazifalari va rivojlanish bosqichlari, mantiqning asosiy qonunlari, tushuncha va hukmlar, xulosa chiqarish kabi mavzularni o'z ichiga olgan. Kitobda mantiqiy fikrlashning asosiy shakllari, qonuniyatlari va usullari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, turli falsafiy oqimlar va olimlarning mantiqiy qarashlari, xususan Sharq mutafakkirlarining mantiq ilmidagi o'rni yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Mantiq ilmining predmeti, vazifasi va rivojlanish bosqichlari: Mantiq fanining urganish ob'ekti, tafakkur shakllari va qonunlari, kadimgi dunyo va o'rta asrlardagi mantiqiy ta'limotlar, YAngi davr va XX asrda mantiq ilm ining rivojlanishi.
- Mantiq ilmi va til. Formal mantiqning asosiy qonunlari: Til - axborot belgilar sistemasi, tilning semantiq kategoriyalari, ayniyat va nozidlik qonuni, uchinchi istisno va etarli asos qonuni.
- Tushuncha va hukm: Tushuncha tafakkur shakli sifatida, tushunchalar bilan olib boriladigan mantiqiy amallar, hukm va uning turlari, hukmlar o'rtasidagi munosabatlar.
- Xulosa chiqarish: Xulosa chiqarishning mohiyati, deduktiv xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish, analogiya.
- Argumentlashning mantiqiy asoslari. Muammo. Gipoteza. Nazariya: Argumentlash (dalillash) va ishonch-e'tiqodning shakllanishi, muammo va uning tafakkur jarayonida tutgan o'rni, gipoteza - bilimlarning mavjud bo'lish va taraqqiy etish shakli, nazariyaning mohiyati, strukturasi, funktsiyalari va turlari.