Milliy mafkura

Ushbu uslubiy qoʻllanma “Milliy mafkura” fanidan talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar, adabiyotlar va internet manzillarini oʻz ichiga oladi. Qoʻllanma talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibiga muvofiq tuzilgan.

Asosiy mavzular

  • Milliy mafkura fanining oʻziga xos xususiyatlari va tamoyillari: Milliy mafkura fanini oʻrganilishining asoslari, fanning xususiyatlari va tamoyillari, ijtimoiy fanlar tizimidagi oʻrni.
  • Milliy mafkuraning ildizlari: Milliy mafkura tushunchasi, gʻoya va milliy gʻoya tushunchasi, milliy mafkura ildizlari.
  • Sharq sivilizatsiyasi, unda gʻoya va mafkuralarning tutgan oʻrni: Dunyoning qutublashuvi, sharqona madaniyat va maʼnaviyat xususiyatlari, sharqona umummilliy gʻoyalar va ularning milliy mafkurada tutgan oʻrni.
  • Qadimiy yozma, xalq ogʻzaki ijodi yodgorliklarida ifodalangan milliy gʻoyalar: Milliy adabiyot tushunchasi, qadimiy yozma va ogʻzaki ijod yodgorliklari, ularning mafkura sifatida namoyon boʻlishi.
  • Milliy tarbiya – milliy mafkura sifatida: Milliy tarbiya tushunchasi va tarixi, asoslari, jamiyatdagi oʻrni.
  • "Avesto"da milliy mafkura: Zardushtiylik dini va taʼlimoti, "Avesto"dagi milliy mafkura.
  • Islom dini va taʼlimotining milliy mafkura sifatida namoyon boʻlishi: Islom dini va undagi umummilliy gʻoyalar, dinning millat mafkurasi sifatidagi namoyon boʻlish omillari, milliy mustaqillik va islom dini.
  • Milliy davlatchilik mafkurasi: Milliy davlatchilik tarixi, mafkura tushunchasi, tarixning jahondagi oʻrni.
  • "Milliy istiqlol mafkurasi – xalq eʼtiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir": Milliy istiqlol mafkurasining hayotimizdagi oʻrni, kundalik ehtiyojga aylanishi, mafkuraviy tahdidlar.
  • Millat hududiy, iqtisodiy, siyosiy va etnik aloqalar: Millatning hududiy, iqtisodiy, siyosiy va etnik aloqalari, milliy mentalitet, milliy qadriyatlar.
  • Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasi – milliy istiqlol mafkurasining huquqiy asosi: Milliy istiqlol va Konstitutsiyaning zarurligi, Konstitutsiyaning ishlab chiqilishi, mafkuraviy jihatlari, Konstitutsiya - istiqlol gʻoyalarining majmui.
  • "Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin": Mafkura jamiyat rivojining asosi sifatida, tafakkur qulligi, maʼrifat bilan bahsga kirishish.
  • Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy koʻrinishlari: Mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy koʻrinishi, mintaqadagi koʻrinishi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi jarayonlar.
  • Jamoat birlashmalari: Jamoat birlashmalarining maqsad va vazifalari, mafkuraning aks etishi, gʻoya va mafkuraning umumiyligi.
  • Oʻzbekiston taraqqiyoti va mafkuraviy muommolar: Barpo etilayotgan jamiyat va taraqqiyotning oʻzbek modeli, mafkuraviy muammolar.
  • Oʻzbekistonda istiqlol gʻoyasi va mafkurasining hozirgi davrda erishgan yutuqlari: Davlat qurilish sohasidagi yutuqlar, xalq farovonligi, iqtisodiy va ijtimoiy yutuqlar.
  • Gʻoya va mafkuralarning falsafiy tarixiy manbalari: Gʻoya va mafkura manbasi, falsafiy manbasi, tarixiy manbasi.
  • Milliy birlik, birdamlik tuygʻusining milliy ong tizimidagi oʻrni: Milliy birlik tuygʻusi va vatanparvarlik eʼtiqodi, vatanparvarlik tarbiyasi, milliy ong tizimidagi oʻrni.
  • I.A. Karimovning milliy-maʼnaviy tiklanish konsepsiyasi: Maʼnaviy yuksalish, demokratik jamiyat qurishning omili, konsepsiyaning ishlab chiqilishi, ahamiyati.
  • Milliy mafkura va taʼlim tizimi: Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tizimi, milliy mafkura sifatida, taraqqiyot mezoni.
  • Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiyoti – milliy mafkura sifatida: Taraqqiyotning oʻzbek modeli, iqtisodiy negizi, inson huquqlari.
  • Maʼnaviy meros milliy mafkura sifatida: Maʼnaviy meros tushunchasi, taraqqiyotdagi oʻrni, eʼtibor.
  • Oʻzbek davlatchiligi tarixida milliy mafkura: Oʻzbek davlatchiligi tarixi, manbalarida milliy mafkura, oʻrganishning ahamiyati.