Бухгалтерия ҳисоби назарияси
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Buxgalteriya hisobi nazariyasi" fanidan ma'ruza matnlaridan iborat. Unda buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, prinsiplari, usullari, tashkil etilishi va hisobot berish kabi muhim mavzular o'z aksini topgan.
Asosiy mavzular
- Xalq xo'jaligidagi hisob turlari va ularning jamiyatni boshqarishdagi o'rni va ahamiyati: Ushbu mavzuda hisobning jamiyat hayotidagi roli, iqtisodiy fanlar tizimidagi o'rni, xalq xo'jaligida qo'llaniladigan hisob turlari (tezkor, statistika, buxgalteriya) va ularning o'zaro bog'liqligi, hisob o'lchov birliklari hamda buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari ko'rib chiqiladi.
- Buxgalteriya hisobining predmeti va usullari: Mazkur mavzu buxgalteriya hisobining predmeti, ob'ektlari, vazifalari va funksiyalari, shuningdek, baholash, kalkulyatsiya, hujjatlashtirish, inventarizatsiya, ikki yoqlama yozuv va hisobot kabi buxgalteriya hisobi usullarini qamrab oladi. Buxgalteriya hisobiga qo'yiladigan talablar ham muhokama qilinadi.
- Hujjatlashtirish va inventarizatsiya: Hujjatlashtirishning ahamiyati, hujjatlar va ularning turlari, hujjatlardagi rekvizitlar, hujjat aylanishi hamda inventarizatsiya va uni o'tkazish tartibi, natijalarini rasmiylashtirish kabi masalalar yoritiladi.
- Buxgalteriya balansi: Buxgalteriya balansi, uning tarkibi va tuzilishi, aktiv va passiv qismlari, xo'jalik jarayonlarining balansga ta'siri kabi mavzularga bag'ishlangan.
- Shetlar tizimi va ikki yoqlama yozuv: Shetlar tizimi va ularning turkumlanishi, ikkilamchi yozuv usuli, sintetik va analitik hisob hamda aylanma vedomostlar haqida ma'lumot beriladi.
- Baholash va kalkylatsiya: Baholashning ahamiyati va buxgalteriya hisobi obyektlarini baholash prinsiplari, kalkulyatsiyaning buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifati sifatidagi ahamiyati va xarajatlarning guruhlashtirish tamoyillari yoritilgan.
- Asosiy xo'jalik jarayonlari hisobi tamoyillari: Ta'minot jarayoni hisobi, ishlab chiqarish jarayon hisobi va sotish jarayon hisobi haqida so'z boradi.
- Buxgalteriya hisobi registrlar: Buxgalteriya hisobi registrlariga ta'rif berilgan va u haqida tushuncha ,ularning ahamiyati,buxgalteriya hisobi registrlarining turlari ,ularni yuritish tartibi va buxgalteriya hisobi shakllari keltirilgan.
- Buxgalteriya xisoboti: Buxgalteriya hisobotiga ta'rif, uning ahamiyati va unga qo'yilgan talablar, xisobot turlari va shakllari hamda xisobotinini qanday taxayyorlash haqida tushunchalar keltirilgan.
- Buxgalteriya hisobini tashkil kilish asoslari va xar taraflama taminlanganligi: Ushbu mavzuda buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va uning ahamiyati,buxgalteriya hisobiga raxbarlik kilish,buxgalteriya hisobini tashkil kilish prinsiplari,buxgalteriya hisobi tizimlari,buxgalteriya hisobini tashkiliy tuzilishi va vazifalari yoritilgan.