Fizika Ma'ruzalar Kursi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat ta'lim standartlari asosida bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, fizika fanining "Tebranishlar va to'lqinlar, kvant mexanikasi" bo'limlariga tegishli ma'ruzalar kursini o'z ichiga oladi. Unda mexanik tebranishlardan tortib kvant fizikasigacha bo'lgan keng doiradagi mavzular qamrab olingan.
Asosiy mavzular
- Garmonik tebranishlar: Garmonik tebranish harakatining kinematikasi va dinamikasi, grafik tasvirlash usullari va dinamikasining qonunlari ko'rib chiqiladi.
- Tebrangichlar: Prujinali, fizik va matematik mayatniklar, tebranish davri, aylanma harakatning asosiy qonuni va elastiklik kuchi tahlil etiladi.
- Elektromagnit tebranishlar: Yopiq elektr zanjirida elektromagnit tebranishlar, Tomson formulasi va tebranishlarni qo'shish masalalari o'rganiladi.
- Sonuvchi tebranishlar: So'nuvchi erkin mexanik tebranishlar, qarshilikli elektromagnit zanjirdagi erkin so'nuvchi tebranishlar yoritiladi.
- Majburiy mexanik tebranishlar: Majbur etuvchi kuch, tebranish tenglamasi va rezonans hodisasi tahlil qilinadi.
- To'lqin hodisalari: To'lqin turlari, to'lqin jarayonining xarakteristikasi, to'lqin energiyasi va superpozitsiyasi ko'rib chiqiladi.
- Turg'un to`lqinlar: Ikkita qarama-qarshi yo`nalgan to`lqinlarni qo`shilishi va gyuygens prinsipi haqida ma`lumotlar beriladi.
- AKUSTIKA: Akustika, tovush harakteristikalari va suyuqliklarda kavitatsiya hodisasi bayon qilinadi.
- Elektromagnit to`lqin: Elektromagnit to`lqin, Maksvell formulasi va Umov-Poynting vektori tushuntiriladi.
- Elektromagnit to`lqinlar shkalasi: Elektromagnit to`lqinlar manbai, ochiq tebranish konturi va dipol` elektr maydoni tebranishi mavzulari yoritilgan.
- Kvant fizikasi: De Broyl to`lqinining fizik ma`nosi va Geyzenberg noaniqliklarining o`zaro nisbati haqida ma`lumotlar beriladi.
- To'lqin funksiyasi va uning statistik ma'nosi: To'lqin funksiyasi, to`lqin funksiyasining statistik ma'nosi va Shredinger tenglamasi tushuntirilgan.
- Zarrachaning turli muhitlardagi harakati: Erkin zarrachaning harakati, zarrachaning cheksiz potensial o’radagi potensial holati, tunnel effekti tasvirlangan.
- Atomlarning chiziqli spektrlari: Atomlarning chiziqli spektrlari, Bor pospulatlari va Vodorod atomi. Kvant sonlar haqida ma`lumotlar berilgan.
- Elementlarning davriy tizimi: Pauli prinsipi va Mendeleevning elementlar davriy tizimi haqida ma`lumot berilgan.
- Aynigan va aynimagan elektron gazlar: Fermion va bozonlar, Taqsimot funksiyalari va Klassik va kvant statistikalar haqida ma`lumotlar berilgan.
- Fermi - Dirak taqsimotiga temperaturaning ta`siri: Taqsimotning tekshirilishi va Bozonlarning aynigan gazi taqsimot funksiyasi haqida ma`lumot berilgan.