Maple 7 dasturi

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fargʻona politexnika institutida Oliy matematika kafedrasi tomonidan tayyorlangan uslubiy qoʻllanma boʻlib, MAPLE 7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechishga bagʻishlangan. Qoʻllanma Oliy matematika fanidan bir va bir necha oʻzgaruvchili funktsiyalarning limiti, hosilalari va ularning tadbiqlariga bagʻishlangan boʻlib, har bir boʻlimda nazariya, misollar va MAPLE 7 dasturida bajarish yoʻllari koʻrsatilgan.

Asosiy mavzular

  • Funktsiyalar. Limitlar. Funktsiyaning uzluksizligi: Ushbu bo'lim haqiqiy sonlar to'plami, funksiya tushunchasi, aniqlanish sohasi va qiymatlar sohasi, analitik, jadval va grafik usullarda funksiyalarni berish, murakkab va teskari funksiyalar, hamda funktsiya uzluksizligi haqida ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
  • Ketma-ketlik va funktsiyaning limiti. Funktsiya uzluksizligi: Ketma-ketlikning limiti, yaqinlashuvchi va uzoqlashuvchi ketma-ketliklar, funktsiyaning limiti, bir tomonlama limitlar, hamda funktsiyaning uzluksizligi va uzilish nuqtalari haqida tushunchalar beriladi.
  • Bir oʻzgaruvchili funktsiyaning differentsial hisobi: Bu bobda hosila ta'rifi va differentsiallash qoidalari, murakkab funksiyaning hosilasi, logarifmik differentsiallash, parametrik funksiya hosilasi, oshkormas funktsiya hosilasi, yuqori tartibli hosilalar, funktsiyalarni uzluksizligini aniqlash masalalari ko'rilgan.
  • Bir o'zgaruvchili funktsiyaning differentsial hisobi: O'zgaruvchili funktsiyaning differentsial hisobi, funktsiyalarni uzliksizligini aniqlashga doir misollar
  • Koʻp oʻzgaruvchili funksiyalar: Ko'p o'zgaruvchili funksiyaning aniqlanish sohasi, limiti, takroriy limitlar, xususiy hosilalar, to'liq differentsial, murakkab funktsiyaning hosilasi, oshkormas funktsiya, yuqori tartibli hosilalar, Teylor formulasi, ekstremumlar kabi tushunchalar ko'riladi.
  • Egri chiziqqa urinma toʻgʻri chiziq va normal tekislik: Fazoda egri chiziqqa urinma to'g'ri chiziq va normal tekislik tenglamalarini aniqlash
  • Bir o'zgaruvchili funktsiyaning differentsial hisobi: Funksiyaning tokligi, juftligi tekshiriladi, Uzlisl nuqtaqsi aniqlanadi