Islom dini asoslari va ma`naviyati fanidan talabalarga mustaqil ishlarni bajarilishi to`g’risida

Ushbu qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib "Islom dini asoslari va maʼnaviyati" fanidan talabalarga mustaqil ishlarni bajarishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Islom dinining o`ziga xos hususiyatlari: Islom dinining vujudga kelishi, jahon dinlarida Islom dinining o`rni, Islom dinining o`ziga xos hususiyati haqida ma'lumot berilgan. Islom dinining vujudga kelishida jamiyat ta`siri, O`rta asrlar arab dunyosi, Islom dinining asoschisi Muhammad (s.a.v) hayotlari va faoliyatlari, Islom dinining vujudga kelishida boshqa dinlarning ta`siri (Nasroniylik, Buddaviylik dinlari), Islom dinining jamiyat hayotiga tub burilish yasagani, Islom dini ta`limoti, Rukilari, Islom dinining shaxs, jamiyat ma`naviyatiga ta`siri, Islom diniga Markaziy Osiyo xalqlari e'tiqodi, Islom dinining Markaziy Osiyo madaniyati va ma`naviyatiga ta`siri, Islom dinining muqaddas kitobi «Qur'oni Karim”, Islom dini oqimlari (Sunniylik, Shiyaalik), Hadis, Islom dini manbalari haqida tushunchalar berilgan.
  • Markaziy Osiyo mutafakkirlarining ma`naviy merosi, ilm va ilm ahlini ulug'lash madaniyati: Islom dini manbalarini o`rganishda Movorounnahr olimlarining o`rni, Inson hayotida ilmning o`rni, Islom dinida ustoz va shogird muomalasi mavzulari keltirilgan. Islom dini manbalarini o`rganishda Movorounnahr olimlarining o`rni, Abu Bakr Qaffol Shoshiy, Ulug'bek, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Zamahshariy, Xorazmiy va boshqa mutafakkirlarning dune madaniyati va ilm faniga qo`shgan beqiyos ulushlari, Islom ma`naviyati, uning chuqur insonparvar, taraqqiyotparvar ruhini singdirishda Burxoniddin Marg'iloniy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasafiy, Abu Lays Samarqandiy va boshqalarning ilmiy va ijtimoiy faoliyatlari. Inson hayotida ilmning o`rni. Ilm egalari ikki dunyo yaxshiliklarining egasidir. Ustozni e`zozlash, shogirdning belgilangan vaqtga rioya qilishi, ko`p va o`rinsiz gapirmasligi, faqat ruxsat bo`lsa gapirishi. Ustozga tik qaramaslik, malol vaqtida savol so`ramaslik, ustoz o`rniga o`tirmaslik, oldiga tushib yurmaslik, nomini aytib chaqirmaslik va boshqa o`z otasi oldida rioya qilishi kerak bo`lgan odoblarga amal qilishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Islomda muomala madaniyati. Oila va farzand tarbiyasi.: Ushbu mavzuda Insonlarning bir-biridagi vazifalari, Oila muqaddasligi, Farzand burchlari haqida ma'lumotlar berilgan.Insonlarning bir-biridagi vazifalari, Salom berish va uning fazilatlari, Salomning ma`nosi, Salom berish odoblari, Salomga alik olish tartibi va fazilatlari haqida. Aksirgan kishiga tashmit aytish fazilatlari va boshqa muomalalar. Oila muqaddasligi. Nikoh jamiyatni tanazzuldan saqloovchidir. Zinoning jamiyatga va ayniqsa inson salomatligiga zarari. Ota-ona vazifalari. Farzand burchlari. O`g'il tarbiyasi va qiz tarbiyasidagi alohida jihatlar. Hurmat qilsang, hurmat qilinasan. Ota-ona roziligi xudo roziligi. Jannat onalar oyog'iostidadir mavzulari yoritilgan.
  • Islom ma`naviy kamolotida Islom dini. Jamiyat odobi. Izn so`rash.: Mazkur mavzuda Kamtarinlik buyuk insonlar fazilati, Insonning jamiyatdagi o`rni, Jamiyat mafkurasida Islom dini haqida ma'lumot beriladi. Kamtarinlik buyuk insonlar fazilati, mutakabbirlik, razillik botqog'iga chuktiradi. Kim kamtar bo`lsa kamol topadi. Ikki olamda obro` va imtiyozlarga loyiq bo`ladi. Kibirlik, kekkaygan kishi hurmat yo`qotadi va oxir oqibatda har bo`ladi. Sukut saqlash fazilati va ko`p gapirish zarari. Ko`p gapirish nodonlik alomati. Inson hayoti bir-biriga yordam berish xabar olish bilan barpo etiladi. Bir-birlariga oqibatli mehrli bo`lish, jamiyatni mustahkamlaydi. Jamiyat mafkurasini, ya`ni e'tiqodini boshqarishda Qur'on va Hadis ko`rsatmalari. Imomi A`zam hamda Imom Matrudiy tavsiyalari. Ruxsat so`rash va uning odoblari. Kirishga ruhsat berilmasa qaytib ketish kerakligi haqida tushunchalar berilgan.
  • Islomiy axloq: Mazkur mavzuda Islomda madaniyat tushunchasi, Qur'oni Karim va hadislarda yuksak insoniy fazilatlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Madaniyat tushunchasining mohiyati Sharqona madaniyatda Islom dini ma`naviyatining ahamiyati, Komil inson tushunchasi, Qur'oni Karim va hadislarda yuksak insoniy fazilatlar va odob-axloq, me`yorlari, eng maqtalgan insoniy fazilatlar (iymon, diyonat, adolat, fatonat, zakovat, farosat, poklik – iffat, ma`naviy poklik, hayoli bo`lish, solih amallarga sa'y-harakat qilish, riyozat nafs tarbiyasi, sabr qanoat va boshqalar ularni egallashga targ'ib etish), yomon xulqlar (baxllik, odobsizlik, johillik, ilmsizlik, kibr, riyo, dushmanlik, munofiqlik va boshqalar) yoritib berilgan.
  • Islom va tasavvuf ilmi: Mazkur mavzuda Tasavvuf ilmi, Shariat, tariqat, ma`rifat va haqiqat bosqichlari, Buyuk tariqatchilar haqida ma'lumot beriladi. Tasavvuf nima? Lug'aviy ma`nosi hamda tasavvufning asosiy maqsadi – inson kamoloti. Ruh tarbiyasi. Nafs va riyozat. Tasavvuf ilmida komil inson, Ulug' mutasavvuflarning islom va jamiyatning madaniy, ilmiy va boshqa jabhalardagi taraqqiyotimizga qo`shgan ulushlari, Islomning tub mohiyatini tushunishda tariqat va tariqat mashoyixlarining o`rni, Dast bakoru, dil bayor” shiorining Islom va jamiyat taraqqiyotiga, mustahkamlanishiga bergan turtkisi, Tariqatning muqaddas joy, diniy rasm rusumlar o`tkazish va boshqalardan iborat emasligi. Shariat, tariqat, marifat va haqiqat bosqichlari. Islomning tub mohiyati va maqsadiga mos bo'lgan va to`g'ri kelmagan tariqatlar. Yassaviy, Kubraviya, Naqshbandiya, Chishtiya, Qodiriya, Suxrovardiya va boshqa tariqatlar yoritilgan.
  • Markaziy Osiyolik mashhur Islom Olimlari: Ushbu mavzuda Markaziy Osiyolik Islom olimlari, Mashhur Fan arboblari, Adib, shoir va tilshunoslar haqida ma'lumot beriladi. Islom dinining Markaziy Osiyoga ilm Fan va madaniyatiga ta`siri. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining Islom dinini rivojlanishidagi o`rni. Islom dini va dunyoviy bilimlar. Markaziy Osiyolik mashhur Islom olimlari (Imom al-Buxoriy, Muslim ibn al-Xajjoj, Imom at-Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali, Abu Bakr Muhammad Ibn Yammom Samarqandiy, Abu Nazr Muhammad Mas'ud al-A`yoshay as-Sullomiy Samarqandiy, Abulmute` Makhul ibn Fazlulloh Nasafiy, Sahl Baxxiy, Shoshiy Samarqandiy, Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad, Matrudiy Samarqandiy, Abduholiq G'ijduvoniy va boshqalar), Mashhur Fan arboblari (Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Ahmad Marvaziy, Yahyo ibn Abu Mansur, Ahmad as-Saraxsiy, Sa'id al-Javhariy, Narshahiy, Abu Sulaymon Xattobiy, Muhammad al-Xorazmiy va boshqalar), Adib va tilshunoslar (Abdulloh ibn Muslim al-Marvaziy Diymavariy, Al-Matroniy, ash-Shoshiy Omiriy, Xotimal- Mus`abiy, Abdurahmon ad-Diynavariy, Rudakiy, Balosog'uniy, an-Naysoburiy va boshqalar) yoritilgan.
  • Markaziy Osiyoda bunyod etilgan Islom obidalari: Ushbu mavzuda Markaziy Osiyoda arxitekturasi, Islom dini obidalarining jamiyatdagi o`rni haqida ma'lumot berilgan. Islom dini kirib kelguniga qadar Markaziy Osiyo arxitekturasi. Islom dinining kirib kelishi bilan vujudga kelgan arxitektura. Masjid, Madrasa, maqbara, xonaqol. Kubodaqal`a, Teshik qal`a, Ismoiy samoniy maqbarasi, Mogʼaki Attori masjidi, Arab ot maqbarasi, Mir Said Bahrom maqbarasi, Sulton saodat ansambli, Raboti Malik ansambli, Xoji Iso Masjidi, Shohi Zinda, Ansombli, Jarqo`rg'on minorasi, Vobkent minorasi, Sulton Tokash maqbarasi, Faxruddin roziy maqbarasi, Boxarziy maqbarasi, Shayx Hasan Sobroniy maqbarasi, Qutlug' Temur maqbarasi, Minorai Kalon, Hirot Jome masjidi, Shayx Zayniddin bobo maqbarasi, Dor ut-tilovat (XIV), Dor us-siyosat (XIV), Chashmai Ayyub maqbarasi (XIV), Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Ahmad Yassaviy maqbarasi (XIV-XV), ABdidarun maqbarasi, Bibixonim madrasasi, Ulug'bek madrasasi, Ishtarxona (XV), Ulug'bek rasadxonasi, Kuk gumbaz va boshqa obidalar yoritib berilgan.
  • Yangi davr. Islom dini va ma`naviyati. Toshkent islom madaniyati markazi: Ushbu mavzuda Mustabid tuzumda Islom diniga munosabat, O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligi va Islom dini, Mamlakatimizning Islom sivilizatsiyasidagi o'rni haqida so'z yuritiladi. Chor Rossiyasining O`rta Osiyoni bosib olishi, ruslashtirish siyosati, ko`chirish siyosati, XIX asrning 2-yarmida diniy vaziyat urf-odat marosimlarning amalga oshirilishi, Ma`muriy boshqaruv, 1 jahon urushi davrida O`rta Osiyo xalqlari, XX asrda diniy vaziyat, Islom diniga e`tibor, Diniy arxitektura yodgorliklari ahvoli, Din arboblari ahvoli, O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining qo`lga kiritilishi, Dinga e`tibor, Vijdon erkinligi, Islom diniga e`tibor, Buyuk mutafakkirlarning ma`naviy merosini tiklanishi, Konstituciyada vijdon erkinligi, Diniy marosimlarning ado etilishi, Ro`za hayiti va Qurbon hayiti kunlarining dam olish kuni sifatida, Mamlakatimiz poytaxti Toshkentga Islom madaniyati markazi maqomining berilishi yoritilgan.
  • O`zbekiston Respublikasi “VIjdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g'risida" gi qonuni: Mazkur mavzuda O`zbekiston Respublikasida dinlarga munosabat, Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g'risida" gi qonunning mohiyati va ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Tolerantlik tushunchasi. O`zbekiston Respublikasida boshqa dinlarga nisbatan munosabat. Mustaqillikni mustahkamlashda dinning o`rni. O`zbekiston Respublikasida 18 ta diniy konfessiyaning mavjudligi. O`zbekiston Respublikasi Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g'risida"gi qonunning qabul qilinishi. Qonunning mohiyati va ahamiyati. Diniy tashkilot tushunchasi yoritilgan.
  • Diniy ekstremizm va fundamentalizm: tarixi va mohiyati.: Mazkur mavzuda Dunyoviy davlatning dinga munosabati, Diniy fundamentalizm yoki aqidaparastlikning kelib chiqishi, Ogohlikka da'vat haqida so'z yuritiladi. Rivojlangan davlatda dinga bo`lgan munosabat, davlat va din munosabati, O`zbekistonda barpo etilayotgan dunyoviy davlatning yo`li, Respublikamizda dinga munosabat, din va demokratiyaning o`zaro aloqalari, Islom xukumron bo`lgan davlatlarda civilizaciya, dunyviy davlatning din bilan munosabatlarini belgilovchi asosiy tamoyillari (erkinlik va fuqarolar majburiyati), Fundamentalizm ma`nosi. Islom fundamentalizmning maqsadi va vazifasi, mohiyati. Islom tradicionalizmining maqsad va vazifalari. Islom modernizmi, Bu yo`nalishlarning kimlarga xizmat qilishi, Aqidaparastlik va dogmatizm, Islom dinidagi ikki asosiy yo`nalish (sunniy va shia, ularning yoyilishi), Ibn Taymiya, Hanbaliy – vahobiylikning ildizi, “ekstremizm” so`zining ma`nosi, Fevral voqealarining asl sabablari, Toshkent shahridagi terrorchilik harakati va uning oqibatlari yoritilgan.
  • Islom dini va milliy g'oya: Ushbu mavzuda Milliy g'oyada dining o`rni, Islom dini o`zbek millatining g'oyasi sifatida, Xalq farovonligini ta`minlashda Islom dinining o`rni haqida so'z yuritiladi. Millat tushunchasi, milliylik, avesto, adolat, vatan ravnaqi, valyuntarizm, gegemonizm, geopolitika davlat mafkurasi, demokratiya, diniy g'oya, dualizm, dunyoning mafkuraviy manzarasi, aqida, aqidaparastlik, besh tamoyil, buddizm, inkviziciya, istibdod mafkurasi, kosmopolitizm, valyuntarizm, mafkuraviy plyuralizm, mafkuaviy tolerantlik, Olloh qalbimizda, yuragimizda, peternalizm, milliy mentalitet, qadriyatlar, tavrot, siytoizm, hur fikrlilik, san`at, mafkuraviy tarbiya, mafkuraviy poligon, mafkuraviy profilaktika yoritilgan.
  • Navoiy viloyati Islom dini me`moriy obidalari (ekskursiya): Ushbu mavzuda Navoiy viloyati Islom dini me`moriy obidalari (ekskursiya) haqida so'z yuritiladi. Navoiy viloyatida mavjud bo`lgan Islom dini tarixiy obidalari Bilan tanishish shu orqali ziyoratni amalga oshirish. Ushbu hududni Islom diniga qo`shgan hissasi. Buyuk Islom dini mutafakkirlari hayoti va faoliyati haqida tushuncha hosil qilish, shu orqali Vatanga hurmat hissini uyg'otishga chaqiriladi.