Islоm dini аsоslаri vа mа`nаviyati

Ushbu kitob "Islom dini madaniyati va ma'naviyati" kursini o'rganishga mo'ljallangan bo'lib, unda islom dinining asoslari, tarixi, madaniyati, ma'naviy qadriyatlari, shuningdek, mustaqillik davrida islomga bo'lgan munosabat masalalari yoritilgan. Kitobda nazorat savollari va testlar ham keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • Islom dini va ma'naviyati fanning predmeti va vazifalari: Islom dinining mohiyati, madaniyati va ma'naviyati, uning Markaziy Osiyo va Sharq xalqlari madaniyatidagi o'rni, mustaqillik davrida islom ma'naviyatiga to'g'ri munosabat.
  • Muhammad alayhissalom tomonidan islom dinining arab kabilalariga singdirilishi tarixi: Muhammad payg'ambarning ko'pxudolikdan yakkaxudolikka o'tishi, arab kabilalarining islomga munosabati, ijtimoiy taraqqiyotda yakkaxudolikning zarurligi.
  • Yagona arab davlatining yuzaga kelishi: Muhammad va choryorlar tomonidan islom dinining boshqa millat va elatlarga tarqatilishi, uning madaniy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyati.
  • Arablar tomonidan islom dinining Movaraunnaxrga tarqatilishi: Kesh, Nasaf, Buxoro va Samarqand shaharlarining arablar tomonidan bosib olinishi, islom dini madaniyatining shakllantirilishi.
  • Islomda ilm va irfon: Ilm va irfonning ma'naviy kamolotdagi o'rni, hadislarda axloq, odob, diyonat va iymon masalalari.
  • Tasavvuf ta'limoti va islom: Tasavvuf ta'limotining nazarkarda insonlarni etishtirishdagi o'rni.
  • Mustaqillik va islom: Dunyoviy davlat qurilishida dinga, dindorga va diniy birlashmalarga munosabat.
  • Islom dinida huquq: Islom huquqidagi birinchi Kodeks – «Majalla»ning yaratilishi va uning ahamiyati, islom ta'limoti ayollar huquqi homiysi.
  • Mustakillik va diniy bagrikenglik /tolerantlik/,bu ijtimoiy jarayonda islom dinining urni.: Mustakillik jarayonida yangicha tafakkurni shakllantirishda dinning urni.Dunyoviy davlat qurilishi va din.