Нефтгазлиликни баҳолашнинг литологик асослари
Ushbu kitob neft va gaz geologiyasining nazariy asoslariga bag'ishlangan bo'lib, neft va gaz konlarini qidirish, ularning geologik tuzilishini o'rganish, bashorat qilish usullari va litologik asoslari haqida ma'lumot beradi. Kitobda, shuningdek, turli geologik davrlarda neft va gaz hosil bo'lish sharoitlari, to'planish qonuniyatlari va ularning geologik tuzilishga ta'siri ko'rsatilgan. Materiallar O'zbekiston va boshqa mamlakatlarning neftgazli hududlarida olib borilgan geologik tadqiqotlar asosida yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Neftgaz konlarini bashoratlashning nazariy asoslari: Yer qa'rining neftgazlilik istiqbollarini ilmiy asosda baholash, geologik tuzilishni tahlil qilish, neft va gaz hosil bo'lish sharoitlarini aniqlash, litologik va fatsial omillarni o'rganish.
- Neft va gaz hosil bo'lish sharoitlari: Organik moddalarning to'planishi, diagenez va katagenez jarayonlari, neft va gaz hosil qiluvchi qatlamlar, ularning geokimyoviy xususiyatlari, harorat va bosimning ta'siri.
- Neft va gaz to'planish qonuniyatlari: Kollekrtor jinslarining roli, tektonik tuzilishlar va ularning neft va gaz to'planishiga ta'siri, litologik chegaralanishlar, qopqonlar hosil bo'lishi.
- Lito-fatsial tahlil: Cho'kindi jinslarning hosil bo'lish sharoitlarini o'rganish, fatsial zonalilikni aniqlash, litologik xususiyatlarning neft va gaz konlariga aloqadorligini baholash.
- Гидрогеологик шароитлар: Ер ости сувларининг нефт ва газ хосил килиш ва сакланишидаги роли, гидрокимёвий шароитнинг конларга таъсири.
- Нефт ва газнинг ер юзига чиқиши: Ер багрининг нефт газлилигини башоратлаш учун нефт ва газнинг ер юзига чикиши ва унинг ахамияти