Умумий педагогика
Ushbu kitob umumiy pedagogika masalalariga bag'ishlangan bo'lib, unda pedagogikaning nazariy asoslari, ta'lim-tarbiya jarayonlari, o'qitish metodlari, ta'lim mazmuni, shuningdek, milliy tarbiya va innovatsion pedagogika kabi mavzular yoritilgan. Kitob pedagogika sohasida bilimga ega bo'lishni istagan o'quvchilar, talabalar, o'qituvchilar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Pedagogika fanining umumiy asoslari: Pedagogikaning predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi, metodologik asoslari, boshqa fanlar bilan munosabati, O'zbekistonda uzluksiz ta'lim tizimi, tadqiqot metodlari, shaxsning rivojlanishi va tarbiyasi, o'qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talablar, pedagogik faoliyat, mahorat va qobiliyat.
- Didaktika - ta'lim nazariyasi: Didaktika haqida tushuncha, o'qitish tamoyillari, o'qitish jarayoni, ta'lim mazmuni va vositalari, o'qitish metodlari va uni tashkil etish shakllari, bilim, ko'nikma, malakalarni tekshirish va baholash, innovatsion pedagogika.
- Tarbiya nazariyasi: Tarbiya nazariyasi, uning tamoyillari va hayot bilan bog'liqligi, o'quvchini jamoada va jamoa orqali tarbiyalash hamda o'quvchi shaxsiga hurmat va unga talabchanlik, milliy tarbiyaning o'ziga xosligi va tarbiya metodlari, o'quv-tarbiyaviy tadbirlar, o'quvchini oilada tarbiyalash va tarbiya shakllari.