Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti

Ushbu kitob xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va ularning rivojlanish xususiyatlariga bag'ishlangan bo'lib, talabalarga, ilmiy xodimlarga va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Milliy iqtisodiyotlarning jahon xo'jalik aloqalarida tutgan o'rni: Jahon xo'jaligi va milliy iqtisodiyotlar, jahon iqtisodiyotida mamlakatlarning turkumlanishi, milliy chegaralar muammosi, globalizatsiya sharoitida mamlakatlar va mamlakatlar guruhlarining o'rtasidagi o'zaro aloqalar va ziddiyatlar.
  • Amerika Qo'shma Shtatlari iqtisodiyoti: AQShning umumiy tavsifi, iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillari, rivojlanish davrlari va xususiyatlari, iqtisodiyoti tuzilmasi va o'ziga xos xususiyatlari, jahondagi iqtisodiy mavqei.
  • Kanada iqtisodiyoti: Kanadaning umumiy iqtisodiy-geografik tavsifi, taraqqiyotida makroiqtisodiy modelining xususiyatlari, iqtisodiyotining zamonaviy holati va uni rivojlantirish istiqbollari.
  • G'arbiy Evropa mamlakatlarining iqtisodiyotiga umumiy tavsif: G'arbiy Evropa mamlakatlarini urushdan keyingi yillardagi iqtisodiy taraqqiyotining xususiyatlari. Zamonaviy sharoitda G'arbiy Evropadagi iqtisodiy o'sishning xususiyatlari va iqtisodiyotdagi asosiy muammolar.
  • Germaniya iqtisodiyoti va uning jahon xo'jaligida tutgan o'rni: Germaniyaning iqtisodiy – jo`g`rofiy holati. Ijtimoiy bozor xo`jaligiga asoslangan nemis modeli va uni moderinizatsiya qilish zaruriyati. Germaniyaning zamonaviy makroiqtisodiy siyosati. Germaniya iqtisodiyotining tuzilishi va o`ziga xos xususiyatlari.
  • Frantsiya mamlakatining iqtisodiyoti: Frantsiyaning umumiy tavsifi,rivojlanishida makroiqtisodiy modelning ahamiyati. Frantsiya TMKlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni.
  • Buyuk Britaniya iqtisodiyoti: Buyuk Britaniyaning umumiy tavsifi, rivojlanishida makroiqtisodiy modelining ahamiyati, Buyuk Britaniya iqtisodiyotida transmilliy kompaniyalarning tutgan o`rni.
  • Italiya Respublikasining iqtisodiyoti: Italiyaning umumiy tavsifi, 1990-2000 yillardagi Italiya hukumatining iqtisodiy siyosati. Italiya iqtisodiyoti rivojlanish modeli xususiyatlarining tavsifi. Italiyaning transmilliy kompaniyalari.
  • Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlari iqtisodiyoti: Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarining urushdan keyingi yillarda jahon sotsialistik tizimi doirasidagi rivojlanish xususiyatlari. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Sloveniya. Boltiq bo`yi mamlakatlari (Litva, Latviya va Estoniya). Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiya.
  • Shimoliy Evropa davlatlarining iqtisodiyoti: Shimoliy Evropa davlatlarining umumiy taʼrifi. Shimoliy Evropa iqtisodiyotining hozirgi holati.
  • Yaponiya iqtisodiyoti: Yaponiyaning umumiy tavsifi. Yaponiyaning «iqtisodiy mo`'jiza» yaratishdagi asosiy omillari. Yaponiyaning iqtisodiy o`sish davrlari. Mamlakat iqtisodiyotida sanoat va qishloq xo`jaligining ahamiyati va tutgan o`rni. Transporti. Yaponiyaning jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni.
  • "Yangi industrial mamlakatlar” ning iqtisodiyoti: "Yangi industrial mamlakatlar” ning umumiy xarakteristikasi. YAIM iqtisodiy modellarining o`ziga xos tomonlari. YAIM – xalqaro mehnat taqsimoti tizimidagi o`rni
  • Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiyoti: Xitoy Respublikasiga umumiy tavsif. Xitoyning iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy omillar. Mamlakatning rivojlanishida “xitoy modeli”ining ahamiyati. Xitoyning 1950-1960 yillardagi iqtisodiy o`sish davri. Xitoy davlatining 1970 yildan keyingi iqtisodiy o`sish davri. Mamlakatning sanoati va qishloq xo`jaligi. Xitoyning jahon iqtisodiyotida tutgan o`rni.