Проектирование технологических процессов
Ushbu qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan nashr etilgan bo'lib, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada 5540600 - «Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi» yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar uchun «Texnologik jarayonlarni loyihalash» kursidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish metodikasi keltirilgan. Qo'llanma yengil sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni loyihalash va tashkil etishning asosiy jihatlarini o'rganishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Modellarni tanlash va asoslash: Bir vaqtning o'zida ishlab chiqarish uchun modellarni tanlash, moda yo'nalishlarini o'rganish, modellarning konstruktiv va texnologik bir xilligini aniqlash.
- Materiallarni tanlashni asoslash: Materiallarni konfektsiyalash talablari bo'yicha tanlash, to'qimachilik materiallaridagi moda yo'nalishlarini o'rganish, materiallarning texnologik xususiyatlari bilan tanishish.
- Ishlov berish usullari va jihozlarni tanlash: O'xshash tikuvchilik mahsulotlari uchun amaldagi sanoat texnologiyasini o'rganish, yetakchi korxonalarda o'xshash mahsulotlarni ishlab chiqarishning ilg'or texnologiyasini o'rganish, mahalliy va xorijiy bozordagi zamonaviy tikuvchilik uskunalarini o'rganish, mahsulotga ishlov berish ketma-ketligining bo'linmas operatsiyalariga loyiha vaqtini aniqlash uslubini o'zlashtirish.
- Texnologik ketma-ketlikni tuzish va texnologik grafiklarni chizish: Mahsulotga texnologik ishlov berish ketma-ketligini tuzish uslubini o'zlashtirish, texnologik grafiklarni ishlab chiqish uslubini o'rganish, mahsulotga ishlov berish texnologik ketma-ketligini tuzish va texnologik grafiklarni chizish.
- Oqim shaklini tanlash va uning parametrlarini hisoblash: Oqim shaklini uning quvvati va assortimentini hisobga olgan holda tanlash uslubini o'zlashtirish, oqimni oldindan hisoblash uslubini o'rganish.
- Texnologik sxemani ishlab chiqish: Ishlab chiqarish vazifalarini tarkibini tuzish, tashkiliy loyihaviy qarorlarni yaxshilash.
- Texnologik sxemani tahlil qilish: Sхemani tahlil qilish, sinxron grafiklarni va montaj grafiklarni tuzish, ishchi kuchini va jihozlarni sarflash.
- Texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash: Yengil sanoat korxonalarida texnik iqtisodiy korsatkichlar va metodikalar bilan hisoblash.
- Jihozlarni joylashtirish: Ish joylarni joylashtirish va jihozlarni joylashtirishga talablar.
- Qo'shimcha Assortiment: Tikuvchilik tsexi assortimentiga qo'shimcha talab va hisoblash usullari.