Mashina detallari
Ushbu kitob mashinasozlik yo'nalishidagi talabalari uchun "Mashina detallari" fanidan ma'ruzalar kursini o'z ichiga oladi. Unda mashina detallariga qo'yiladigan talablar, asosiy materiallar, uzatmalar (tishli, chervyakli, zanjirli, tasmali, friktsion), vallar va o'qlar, birikmalar (rez'bali, payvand, parchin mixli) kabi elementlar bo'yicha asosiy tushunchalar, hisoblash usullari va qo'llaniladigan materiallar haqida ma'lumotlar berilgan.
Asosiy mavzular
- Kirish. Umumiy tushunchalar. Detallarga qo'yiladigan talablar: Asosiy tushunchalar, mashina detallari fani vazifasi va tarkibi, detallar uchun asosiy talablar.
- Mashina detallarida hosil bo'ladigan ruxsat etilgan kuchlanish va uni aniqlash: Ruxsat etilgan kuchlanish haqida tushuncha, mustahkamlik zapasi koeffitsienti, kuchlanish turlari.
- Mashinasozlikda qo'llaniladigan materiallar. Detal materialiga qo'yiladigan talablar: Mashinasozlikda ishlatiladigan asosiy materiallar va ularni tanlash, materiallarga qo'yiladigan asosiy talablar.
- Uzatmalar. Ularning turlari: Umumiy tushuncha va ma'lumotlar, mexanik uzatmalar, tavsiflari, sinflanishi, tezlikni o'zgartirish usullari.
- Uzatmalarining asosiy parametrlari. Vallardagi quvvat, aylanishlar soni, F.I.K. va uzatishlar sonining o'zaro bog'lanishi: Uzatmalarning asosiy parametrlari, vallardagi quvvat, aylanishlar soni, f.i.k. va uzatishlar sonining o'zaro bog'lanishi.
- Tishli uzatmalar. Umumiy ma'lumotlar: Tishli uzatma haqida tushuncha, tishli uzatmaning afzalligi va kamchiliklari, uzatma geometriyasi.
- Tishli uzatmada hosil bo'ladigan kuchlar: Ilashish nuqtasi, ilashish chizig'i, xosil bo'ladigan kuchlar.
- Tishli uzatmalarning ish qobiliyati va ularning yemirilishi. Tishlarni egilish kuchlanishi bo'yicha hisobi: Tishlarni yemirilishi va uzatmani ishlash qobiliyatini saqlash shartlari, hisob sxemasi, hisob formulasi va foydalanilgan koeffitsientlar.
- Tishli uzatmalarning kontakt kuchlanishi bo'yicha hisobi: Hisob sxemasi haqida tushuncha, o'qlararo masofalarni aniqlash formulalari, loyiha hisobi tartibi.
- Korpusga yig'ilgan tishli uzatma (reduktor)lar haqida tushuncha va ularning turlari: Reduktorlar haqida tushuncha, reduktorlarning turlari.
- Konussimon tishli g'ildirakli uzatmalar va ularni hisobi: Uzatma haqida tushuncha, uzatmada ta'sir etuvchi kuchlar, uzatma geometriyasi, hisoblash tartibi.
- Tishli g'ildiraklarni tayyorlashdagi materiallar: Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar, ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash, kompozitsion materiallarni zamonaviy texnikada qo'llanilishi.
- Planetar uzatmalar, vintaviy va gipoid uzatmalar: Planetar uzatmalar haqida tushuncha, vintoviy va gipoid uzatmalar.
- Chervyakli uzatmalar. Umumiy ma'lumotlar. Uzatmaning hisobi: Uzatmaning afzalliklari va kamchiliklari, uzatmaning geometriyasi va kinematikasi.
- Zanjirli uzatmalar. Umumiy ma'lumotlar. Zanjirli uzatmalarni hisoblash: Uzatma afzalliklari va kamchiliklari, uzatma geometriyasi.
- Zanjirli uzatmalar hosil bo'ladigan kuchlanishlar, uzatma amaliy hisobi: Hosil bo'ladigan kuchlanishlar, kuchlar hisobi.
- Friktsion uzatmalar. Ularning kinematikasi va ulardagi kuchlar: Uzatma haqida tushuncha, uzatma afzalliklari va kamchiliklari, uzatma kinematikasi.
- Tasmali uzatmalar. Uzatma hisobining nazariy asoslari, kinematikasi: Uzatma afzalliklari va kamchiliklari, tasma turlari, uzatma kinematikasi, ulardagi ta'sir etuvchi kuchlar.
- Yassi va ponasimon tasmali uzatmalar hisobi: Yassi tasmali uzatmalar hisobi, ponasimon tasmali uzatmalar hisobi.
- Tishli tasmali uzatmalar: Tishli tasma haqida tushuncha, uzatmaning uzatish sonini aniqlash, uzatmaning f.i.k.i.
- Vallar va o'qlar: Umumiy ma'lumotlar, vallar va o'qlarning vazifasi va ishlatilishi, vallar va sapfalarni turlari va qo'llaniladigan materiallar.
- Birikmalar haqida tushuncha: Birikmalar haqida tushuncha, birikmalar ularning turlari.
- Rezbali birikmalar haqida tushuncha: Rezbali birikmalar turlari, rezba parametrlari va ularning tasnifi.