Ekislikda fazoviy figuralarni tasvirlash

Ushbu kitob geometriya kursining tasvirlash usullari bo'limiga bag'ishlangan bo'lib, unda fazoviy figuralarni tekislikda tasvirlash masalalari, proyeksiyalash metodlari, teorema va aksiomalar hamda ularning tadbiqlari atroflicha yoritilgan. Kitob akademik litseylar, qurilish va qishloq xo'jalik kollejlari hamda pedagogika institutlarining matematika-informatika mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Geometrik figuralarning tekislikda tasvirlanishiga oid teorema va aksiomalar hamda ularning tadbiqlari: Tekislikda geometrik figuralarni tasvirlashning asosiy qoidalari, aksiomalar va teoremalar keltirilgan. Masalalarni yechish usullari va chizmalar bilan tushuntirilgan.
  • To'g'ri chiziqlar va tekislikdagi paralellik: Fazoda to'g'ri chiziqlar va tekisliklarning o'zaro parallel joylashuvi, ularning xossalari va belgilariga oid ma'lumotlar berilgan. Teorema va masalalar yechimlari bilan ko'rsatilgan.
  • To'g'ri chiziqning tekislikka perpendikulyarligi: To'g'ri chiziqning tekislikka perpendikulyarligi tushunchasi, belgilar va xossalar o'rganilgan. Perpendikulyarlikka oid teoremalar va ularning amaliy masalalari keltirilgan.
  • Ayqash to'g'ri chiziqlar orasidagi burchak. To'g'ri chiziq va tekislik orasidagi burchak: Ayqash to'g'ri chiziqlar orasidagi burchakni topish usullari, to'g'ri chiziq va tekislik orasidagi burchak tushunchasi va ularni aniqlashga doir misollar keltirilgan.
  • Ikki yoqli burchaklar. Perpendikulyar tekisliklar: Ikki yoqli burchak, uning o'lchovi va xossalari. Perpendikulyar tekisliklar tushunchasi, ularning o'zaro munosabatlari hamda tegishli teoremalar bayon etilgan.