Ichki yonuv dvigatеllari
Ushbu kitob "Ichki Yonuv Dvigatellari" fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy qo'llanma bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Andijon Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti "Muhandislik" fakulteti "Transport vositalaridan foydalanish" kafedrasi tomonidan tayyorlangan. Qo'llanma 5521200 - "Transport vositalarini ishlatish va ta'mirlash" yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan va dvigatellarning turli xususiyatlarini, ish jarayonlarini, tuzilishini o'rganishga qaratilgan laboratoriya ishlarini o'z ichiga oladi.
Asosiy mavzular
- Karbyuratorli IYoDning tezlik tavsifnomasi: Tirsakli valning aylanishlar chastotasini dvigatelning quvvatiga, burovchi momentiga, yonilg'ining sarflariga bog'liqligini o'rganish, tezlik tavsifini olish va bunda foydalaniladigan asboblar va jihozlarni o'rganish.
- Elektron boshqaruvli yonilg`i purkash tizimining ish jarayoni bilan tanishish: Elektron boshqaruvli yonilg'i purkash tizimining tuzilishini, uning ish jarayonini va bunda foydalaniladigan asboblar va jihozlarni o`rganish.
- Elektron boshqaruvli yonilg`i purkash tizimli IYoDning ish jarayoni bilan tanishish: Elektron boshqaruvli yonilg`i purkash tizimiga ega bo`lgan IYoD ish jarayonini va bunda foydalaniladigan asboblar va jihozlarni o`rganish.
- Dizel dvigateli yoqilg`i nasosi va forsunkalarni tekshirishda ishlatiladigan asboblarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishish: Dizellarda yoqilg'i nasosi va forsunkalarning tuzilishini, ishlashini va ularni tarqatish- yig`ishni o`rganish.
- Dizel xarakteristikalarini olish tartibi va ma'nosi bilan tanishish: Dizellarda yoqilgi xajmi bo`yicha, yoki diffuziyali ko`rinishda yonishini, dizellarning yonish kameralarini, Aralashmani xosil qilish usullarini va xarakteristikalarini olish tartibi bilan tanishish.