Халқаро бизнес
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro biznesning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda xalqaro biznesning mohiyati, rivojlanish tendensiyalari, tashqi muhit omillari, savdo nazariyalari, investitsiya modellari, tashkilot shakllari va marketing elementlari kabi masalalar yoritilgan. Kitobda O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy aloqalari va hamkorlik istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Bozor muhiti: Bozor muhitining xususiyatlari, siyosiy, iqtisodiy va huquqiy omillar tahlili, madaniy omillarning biznesga ta'siri
- Xalqaro savdo nazariyasi: Merkantilizm, mutlaq va nisbiy ustunlik nazariyalari, ishlab chiqarish omillarining nisbati nazariyasi, savdo hamkorlarini aniqlash
- Davlatning savdoga ta'siri: Savdo ustitan nazorat qilish shakllari, tariflar, eksportni rag'batlantirish, import o'rnini bosish siyosati
- Xorijiy sarmoyalar: Xorijiy sarmoyalarning turlari, motivatsiyasi, investitsion muhit, sarmoyadorlarning ustunliklari
- Xududiy iqtisodiy integratsiya: Iqtisodiy integratsiyaning shakllari, Yevropa Hamjamiyati, Amerika, Afrika va Osiyoda integratsion jarayonlar
- Ko'p millatli kompaniyalar: Ko'p millatli kompaniyalar (KMK)ning mohiyati, rivojlanish sabablari, ta'siri va roli
- Offshor kompaniyalar va erkin iqtisodiy zonalari: Offshor kompaniyalarning maqsadlari va afzalliklari, offshor sxemalar, erkin iqtisodiy zonalarning mohiyati va ularning O'zbekistondagi qo'llanilishi
- Koporatsiyalarning davlatlarni tanlash strategiyasi: Xorijiy bozorda yuritiladigan ishlar, potentsial imkoniyatlarni ko'rib chiqishning qoidalari
- Xalqaro marketing elementlari: Marketing elementlari: baholash, eksport strategiyasini shakllantirish