Fizika
Ushbu kitob "Fizika" fanining II qismiga bag'ishlangan bo'lib, unda magnetism, optika va atom fizikasi kabi muhim sohalar bo'yicha ma'ruzalar matni keltirilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan.
Asosiy mavzular
- Magnit maydoni: Vakuumda magnit maydoni, toklar magnit maydoni, magnit maydon induksiya vektori va kuchlanganligi, Bio-Savar-Laplas qonuni
- Amper va Lorens qonunlari: Amper qonuni, parallel toklar ta'siri, Lorens kuchi, Xoll effekti
- Amper va Lorens kuchlarining qo'llanilishi: Elektron mikroskop tuzilishi, elekton nurli trubka, mass spektrometr, MGD generator, zaryadlangan zarrachalarning magnit maydoni, tezlatgichlar
- Magnit dipol momenti. Dia, para va feromagnitiklar: Muhitning magnit maydoni, magnit singdiruvchanligi, dia va para magnetiklar, feromagnetiklar va ularning magnitlanishi, ferromagnetizmda gisterezis hodisasi
- Elektromagnit induksiya hodisasi. O'zaro induksiya: Magnit oqimi, elektro induksiyasi Faradey tajribasi, Lens qoidasi, o'zinduksiya, induktivlik, o'zaro induksiya, magnit maydon energiyasi
- Maksvell tenglamalari (integral ko'rinishda): Maksvellning differensial va integral ko'rinishidagi tenglamalari, Maksvellning tenglamalarning mohiyati
- Elektromagnit tebranishlar: Elektromagnit tebranishlar va uning parametrlari, uyurmali elektr maydoni, Fuko toklari, siljish toklari
- Elektromagnit to'lqinlar: Elektromagnit to'lqinlar va ularning xossalari, to'lqinlarning tezligi va to'lqinlarning uzunligi, tarqatish va qabul qilish, kompyuter texnikasi
- To'lqin optikasi: Yorug'lik to'lqinlari, fotometrik kattaliklar, Gyugens prinsipi, elektromagnit to'lqinlar shkalasi, qaytishi, sinishi, linzalar
- Yorug'lik interferensiyasi. Interferometrlar: Yorug'lik nurlarining monoxromatlikligi va kogerentligi, kuzatish usullari, ikki manba beradigan interferension manzara, yupqa qatlamlardagi yorug'lik interferensiyasi
- Yorug'lik difraksiyasi. Yorug'lik sochilishi: Gyuygens-Frenel qoidasi, Frenel va Fraungofer difraksiyasi, difraksion panjara, rentgen nurlarining difraksiyasi, Yorug'likning sochilishi
- Yorug'likning qutblanishi: Yorug'likning qaytishda va sinishda qutblanishi, Yorug'likning anizotrop muhit orqali o'tishi, ikkilanma nur sindirish, Kerr effekti
- Yorug'likning dispersiyasi: Anamal va normal dispersiya, Yorug'likning dispersiyasi, Yorug'likning moddada tarqalishi, dispersiyaning elementar nazariyasi
- Yorug'likning yutilishi: Yorug'lik yutilishi, Buger qonuni, Vavilov-Cherenkov nurlanishi, Doppler effekti
- Kvant nazariyasi: Issiqlik nurlanishning kvant nazariyasi, kvant parametrlari, Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati, Issiqlik nurlarining oqimi
- Fotoeffekt hodisasi: Fotoeffekt qonuniyatlari, tashqi fotoeffekt, Stoletov tajribalari, Eynshteyn tenglamasi
- Yorug'lik bosimi va Kompton effekti: Yorug'likning bosimi, Lebedev tajribasi, Kompton effekti
- Moddaning to'lqin xossasi: De-Broyl gipotezasi, De – Broyl to'lqin uzunligi, mikrozarralar to'lqin xususiyatlarining amaliy isboti
- Noaniqlik ifodasi: Geyzenbergning aniqmaslik ifodasi, yadroviy reaksiyalar
- Atom tuzilishi: Rezerford tajribasi, atomning polenar modeli, Bor postulatlari, Frank Gers tajribasi
- Ko'p elektronli atomlar: Ishqoriy metallarning spektrlari, Spontan va mavburiy nurlanishlar, Lazerlar, Mendeleyev davriy sistemasi
- Rentgen nurlari: Rentgen nurlarining xossalari, Rentgen nurlarning spektrlari, Uzlukli va uzluksiz spektrlar, Mozli qonuni
- Elementar zarralar va ular taʼsiri: Zarralarning asosiy klassifikatsiyalari, kuzatish va qayd qilish usullari, kosmik nurlar, zarralar taʼsirlashuvi, yadroviy reaksiyalar
- Atom yadrosi termoyadroviy reaksiyalar: Atom yadrosining tarkibi, yadro kuchlari, yadro massasi, tabiiy va sun'iy radioaktivlik, yemirilish qonunlari, yadroviy reaksiyalar, Olamning kelajagi