Марказий Oсиё тупроқлари

Ushbu kitob Markaziy Osiyo tuproqlarining xususiyatlari va ularning qishloq xo'jaligidagi ahamiyatiga bag'ishlangan. Kitobda tuproq hosil bo'lish omillari, tuproqlarning tasnifi, geografiyasi, melioratsiya masalalari, shuningdek, mintaqaning tuproq resurslaridan oqilona foydalanish yo'llari ko'rib chiqiladi. Kitob magistratura talabalari uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Fanning maqsadi va vazifalari: Markaziy Osiyo tuproqlarining o'ziga xosligi, mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlari va landshaftlari. Orol dengizi fojiasining ta'siri. Tuproq resurslaridan oqilona foydalanish va unumdorlikni oshirishning ahamiyati.
  • Tuproq hosil qiluvchi omillar: Iqlim, geologiya, geomorfologiya, litologiya, o'simlik va hayvonot dunyosi, hududning yoshi va inson faoliyati. Turli geografik mintaqalarda tuproqlarning rivojlanish qonuniyatlari.
  • Markaziy Osiyo tuproqlarining tasnifi: Tuproqlarning genetik va ekologik xususiyatlariga ko'ra taqqoslash. Turli respublika tuproqlarining klassifikatsiyasi.
  • O'rmon-dasht va dasht zonasi tuproqlari: Qora tuproqlar, kashtan tuproqlar va qo'ng'ir tuproqlar. Ularning xususiyatlari va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati.
  • Toq oldi va tog'li tuproqlar: Bo'z tuproqlar, jigarrang tuproqlar va boshqa tog'li tuproqlar. Ularning xususiyatlari va qishloq xo'jaligidagi ahamiyati.
  • Tuproqlarni melioratsiyalash: Sho'rlangan tuproqlarga qarshi kurash, eroziyaga qarshi kurash va tuproq unumdorligini oshirish.