Чарм буюмлари технологияси
Ushbu kitob, yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, charm buyumlari texnologiyasi, materiallarni bichish, tayyorlash va pardozlash kabi texnologik jarayonlarni qamrab oladi. Kitob ma'ruzalar matnidan iborat bo'lib, har bir mavzu bo'yicha tayanch iboralar va nazorat savollari keltirilgan. Materiallardan oqilona foydalanish, andozalarni joylashtirish, ishlov berish usullari, quritish texnologiyalari va sifat nazorati kabi masalalar ham batafsil yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Charm buyumlari texnologiyasi: Charmdan bo'lgan mahsulotlar, ularni tayyorlash texnologiyasi va asosiy bosqichlar haqida ma'lumot beriladi. Ishlab chiqarish tadbirlari va texnologik jarayonlar, shuningdek, ishlatiladigan xomashyo va materiallarga ishlov berish usullari tushuntiriladi.
- Materiallarni bichishda detallarni joylashtirish va ulardan foydalanishni me'yorlashtirish: Materiallarni bichish jarayonida detallarni oqilona joylashtirish, chiqim turlari, materiallardan foydalanish me'yorlari va ishchi malakasining ta'siri ko'rsatiladi. Tabiiy charm va sun'iy materiallardan foydalanish xususiyatlari, andozalararo chiqimlar va ularni kamaytirish yo'llari o'rganiladi.
- Material maydonidan foydalanish foizini hisoblash: Poyabzal ustligi va ostligi uchun material maydonidan foydalanish foizini hisoblash usullari, tajriba-sinov shkalalari, astarlik charmlar uchun foydalanish foizini aniqlash va o'rtamiyona o'rinlashuv koeffitsiyentini hisoblash masalalari yoritiladi.
- Asosiy materiallar sarf me'yori va miqdorini aniqlash: Materiallar sarfi, komplekt detallarining o'rtacha o'lchangan maydoni, ustki detallar charmiga bo'lgan ehtiyojni hisoblash, gazlamaga bo'lgan ehtiyojni hisoblash va pastki detallar charmiga bo'lgan ehtiyojni hisoblash kabi mavzularni o'z ichiga oladi.
- Materiallarni bichishda andozalarni joylashtirish: Poyabzal ustki detallari va astar detallari uchun charmni bichishda andozalarni joylashtirish sistemalari, poyabzal ustligi, astari va yordamchi detallari uchun gazlama va sintetik charmlarni bichishda andozalarni joylashtirish sistemalari, poyabzal pastki detallar charmini bichishda andozalarni joylashtirish sistemalari hamda charm attorlik buyumlari detallariga charm biichishda andozalarni joylashtirish tartibi yoritilgan.
- Charm mahsulotlarini ishlab chiqarishda kesish va qirqish jarayonlari: Qirqish usullarining klassifikatsiyasi, presslarda qirqimni qirqish, materiallarnin qo'zgaluvchan va qo'zgalmas pichoqlarga kesish hamda frezerlash ishlari keltirilgan.
- Siqish yordamida shakl berish: Detallarga bukmlab shakl berish, shakl berish rejimi, siqishda shakl berishning etarli deformatsiya hajmiga ta'sir etuvchi omillar hamda shakl berish tartiblari bayon etilgan.