Ўсимликшунослик ва пахтачилик.

Ushbu kitob "O'simlikshunoslik va paxtachilik" fanidan amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun mo'ljallangan uslubiy qo'llanmadir. Qo'llanma O'zbekiston qishloq xo'jaligi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun o'simlikshunoslik va paxtachilik fanining asosiy yo'nalishlari bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Asosiy mavzular

  • Don ekinlarining umumiy morfologiyasi: Don ekinlarining turlarini o'zaro farqlash, donning anatomik tuzilishini o'rganish, g'alla ekinlarini maysasi, quloqchasi, tilchasi va to'pguli bo'yicha farqlash usullari bayon etilgan. G'alla ekinlarining asosiy xususiyatlari, don tuzilishi va xossalari keltirilgan. Donning bo'rtishi uchun zarur bo'lgan suv miqdori va uni aniqlash usullari ko'rsatilgan.
  • Bug'doy turlari, morfologiyasi: Bug'doy turlarini bir-biridan farq qiluvchi belgilar, bug'doyning boshoq, boshoqcha va gullarining tuzilishini o'rganishga oid ma'lumotlar berilgan. Davlat reyestriga kiritilgan kuzgi bug'doy navlarining asosiy belgilari bilan tanishtiriladi. Bug'doy donining rangini aniqlash, boshoq zichligini aniqlash usullari yoritilgan. Yumshoq va qattiq bug'doy turlarini bir-biridan ajratuvchi belgilar keltirilgan.
  • Arpa, javdar, suli ekinlarining morfologiyasi: Arpa, javdar va sulining morfologik xususiyatlari, kenja turlari va tur xillarini o'rganish, arpa javdar va sulining asosiy ekiladigan navlarining morfologik va biologik xususiyatlari tavsifi bilan tanishtirish. G'alladon ekinlarini quloqchasiga, tilchasiga va gul to‘plamiga qarab aniqlash usullari keltirilgan.
  • Makkajo'xori kenja turlari va morfologiyasi: Makkajo'xorining asosiy morfologik xususiyatlarini, kenja turlarini o'rganish, makkajo'xorini asosiy nav va duragaylari bilan tanishish, so'ta tahlili bo'yicha olingan ma'lumotlarga asosan biologik hosilni hisoblash usullari keltirilgan. Makkajo’xori donining tuzilishi, rangi, shakli va xossalari haqida ma’lumot beriladi.
  • Jo'xori kenja turlari va morfologiyasi: Oqjo'xorining asosiy tur xillarini morfologik belgilari bilan tanishish, oqjo'xorini donli, shirin va texnik guruxiga oid asosiy navlarini ta'riflash. Oq jo'xori turlarining farqli jihatlari yoritilgan. O'zbekistonda rayonlashtirilgan oqjo‘xori navlarining tavsifi keltiriladi.
  • G'alla don ekinlarini gul to‘plami bo‘yicha farqlash: G'alla ekinlarini quloqchasiga, tilchasiga va gul to'plamiga qarab aniqlash usullari keltirilgan. Boshoq va ro'vakning umumiy tuzilishi bilan tanishtirish va quloqcha bilan tilchasi shakllariga qarab aniqlash usullari keltirilgan.
  • Don ekinlari turlarini o'zaro farqlash: G'alla ekinlari morfologik, biologik va xo'jalik belgilariga ko'ra ikki guruxga bo'linishi, tuzilishlari va xossalari, kuzgi va bahorgi shakllari borligi hamda rivojlanish bosqichlari keltirilgan.
  • G'alla don ekinlari gul to‘plami shakli: G'alla don ekinlarida gul to'plamining tipi, boshoq o‘zagi bo‘g‘inidagi yoki shoxchadagi boshoqchalar soni, boshoqdagi gul soni, boshoqchadagi don soni kabi morfologik belgilari bilan tanishtiriladi.
  • O'simliklarni fenologik kuzatish uslubi: G'alla o'simliklarining o'simlikning rivojlanish bosqichlari qachon boshlanishini aniqlash maqsadida o'tkaziladigan kuzatishlar bilan tanishtiriladi.
  • G'o'za navlarini sug'orish bo‘yicha tavsiyalar: G'o'zani o'g'ititlash me’yorlarini aniqlash va G'o'zaning sug'orish muddatlari hamda me'yorlari haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.
  • Ekinlarni unumdorligini oshirish tavsiyalari: O'simliklarni ekish me’yorini xisoblash va don o'simliklarni hosildorligini aniqlash uslublari tavsiflangan. Biologik hosilni va uning tarkibini aniqlash yo'llari keltirilgan.