Zoogigiyena

Ushbu kitob chorvachilik gigiyenasi, ya'ni hayvonlarni saqlash, boqish, ko'paytirish va ulardan mahsulot olishda gigiyena talablariga bag'ishlangan. Unda asosiy gigiyenik omillar, chorvachilik binolari, oziqlantirish, sug'orish, parvarishlash va tashish gigiyenasi kabi mavzular yoritilgan. Kitob qishloq xo'jaligi institutlari talabalari va sohaga qiziquvchi mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Asosiy mavzular

  • Havo gigiyenasi: Ob-havo, iqlim va mikroiqlim tushunchalari, havoning fizik va kimyoviy xossalari, havoning organizmga ta'siri, havoda chang, mikroorganizmlar va ularga qarshi kurash choralari, qishloq xo'jalik hayvonlarini iqlimlashtirish.
  • Molxonalar gigiyenasi: Ferma qurish uchun joy tanlash, loyihalashda qo'llaniladigan me'yoriy hujjatlar, bino qismlari va uning ahamiyati, molxonalarda ventilyasiya, isitish, yoritish tizimi, molxonalarni go'ngdan tozalash va hashoratlarga qarshi kurash.
  • Veterinariya – sanitariya jihozlari: Veterinariya xizmati va uning asosiy vazifalari, veterinariya jihozlari va hayvonlarni cho'miltirish gigiyenasi, hayvon o'liklarini zararsizlantirish, dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizasiya tadbirlari.
  • Tuproq gigiyenasi: Tuproqning mexanik tarkibi, fizik, kimyoviy va biologik xossalari. Biogeokimyoviy provinsiya tug'risida ta'limot. Tuproqni sanitariya tomondan baholash va hayvon o'liklarni zararsizlantirish usullari.
  • Suv va sug’orish gigiyenasi: Xalq xo'jaligida suvning gigiyena tomondan ahamiyati, suvning fizik, kimyoviy va biologik xususiyati. Suv manbalarini sanitariya – gigiyena tomonidan baholash. Suvni tozalash va zararsizlantirish usullari. Hayvonlarni sug'orish va suv bilan ta'minlash.
  • Oziqalar gigiyenasi: To'yimli oziqalarni gigiyena tomondan ahamiyati, oziqa rasionida oqsil, mineral moddalar va vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar, sifatsiz oziqalar bilan oziqlantirish tufayli kelib chiqadigan kasalliklar, oziqalarni har xil zamburug'lar bilan ifloslanishi (Mikoz va mikotoksikozlar), oziqalar sifatini sanitariya tomondan nazorat qilish.
  • Hayvonlarni yaylovda boqish gigiyenasi: Hayvonlarni yaylovda boqishning gigiyenik va iqtisodiy tomondan ahamiyati. Turli hayvonlar uchun yaylov tanlash va yaylovdan foydalanish. Hayvonlarni yaylovga utkazishga tayyorlash. Hasharotlarga qarshi kurash choralari.
  • Hayvonlarni tashish va haydash gigiyenasi: Hayvonlarni temir va suv yo'llari bilan tashish gigiyenasi. Hayvonlarni avtomobil va havo yo'llari bilan tashish gigiyenasi. Hayvonlarni tosh va tuproq yo'llar bilan haydash qoidalari.
  • Qishloq xo'jalik hayvonlarini parvarish qilish gigiyenasi: Teri va yelinni parvarish qilishning gigiyenik ahamiyati. Tuyoq va shoxlarni parvarish qilish igiyenasi. Mosion turlari va uning ahamiyati
  • Chorva xodimlarini shaxsiy va mehnat gigiyenasi: Chorvachilikda mehnat unumdorligini oshirishning shart-sharoitlari. Chorvadorlarning shaxsiy gigiyenasi va ishlab chiqarishda ularni har xil kasalliklardan saqlash choralari. Chorvadorlarni sog'ligini saqlash chora-tadbirlari.
  • Qoramollar gigiyenasi: Qoramollarni saqlash usullari va molxonalar qurish gigiyenasi. Sigirlarni boqish, tug'dirish, sog'ish va sutdan chiqarish gigiyenasi. Naslli buqalar gigiyenasi. Buzoqlarni o'stirish va saqlash gigiyenasi. Qoramollarni burdoqiga boqish gigiyenasi
  • Qo'ylar gigiyenasi: Qo'ylarni saqlash usullari va qo'yxonalar qurish gigiyenasi. Qo'ylarni oziqlantirish va sug'orish gigiyenasi. Qo'ylarni junini qirqish va sog'ish gigiyenasi. Qo'zilarni o'stirish, qo'chqorlarni saqlash va burdoqiga boqish.
  • Otlar gigiyenasi: Otlarni saqlash usullari va otxonalar qurish gigiyenasi. Otlarni oziqlantirish, sug'orish va sog'ish gigiyenasi. Yosh qulunlarni o'stirish gigiyenasi. Ishchi otlar va ularning egar-jabduqlariga bo'lgan gigiyena talablari.
  • Cho’chqalar gigiyenasi: Cho'chqalarni saqlash usullari va cho'chqaxona qurish gigiyenasi. Ona cho'chqalarni saqlash, oziqlantirish va sug'orish gigiyenasi. Naslli erkak cho'chqalar gigiyenasi. Cho'chqa bolalarini o'stirish va bo'rdoqilash gigiyenasi.
  • Parrandalar gigiyenasi: Parrandalarni saqlash usullari va parrandaxonalar qurish gigiyenasi. Tovuqlarni oziqlantirish, boqish, go'sht va tuxum yetkazishda gigiyena talablari. Inkubasiya va jo'jalarni o'stirish gigiyenasi. Kurka, o'rdak va g'ozlarni saqlashda gigiyena talablari.
  • Quyon va mo'ynali hayvonlar gigiyenasi: Quyonlarni saqlash va oziqlantirishda gigiyena talablari. Quyon bolalarini o'stirish gigiyenasi. Mo'ynali hayvonlarni saqlash va boqish gigiyenasi.
  • Itlarni saqlash va parvarishlash gigiyenasi: Itlarni saqlash usullari. Itlarni oziqlantirishda gigiyenik talablar. Itlarni parvarish qilish gigiyenasi.
  • Hovuz baliqchiligi gigiyenasi: Baliqchilikning ahamiyati va baliqlarni saqlash usullari. Baliqlarni oziqlantirish sharoitlari. Baliqchilik hovuzlari gigiyenasi.
  • Asalarichilik gigiyenasi: Asalari oilalarining biologik xususiyatlari. Asalari uyalari va jihozlarini joylashtirishga bo'lgan gigiyenik talabalar. Asalarilarni saqlash va mikroiqlim ko'rsatkichlariga bo'lgan gigiyenik talablar. Asalari kasalliklarini oldini olish choralari.