Е - Коммерция

Ushbu kitob elektron tijorat faniga oid bo'lib, unda elektron tijoratning mohiyati, rivojlanish tendensiyalari, afzalliklari va kamchiliklari, turlari, shakllari, huquqiy asoslari, xalqaro standartlari, O'zbekistondagi holati, xavfsizligini ta'minlash yo'llari, elektron to'lov tizimlari, internet marketing va elektron tijoratda axborot texnologiyalarini qo'llash masalalari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Elektron tijoratning asosiy tushuncha va tamoyillari: Elektron tijoratning mohiyati, vazifalari, afzalliklari va kamchiliklari, rivojlanish bosqichlari.
  • Jamiyatda elektron tijorat tizimining yaratilishi va rivojlanish istiqbollari: Global tarmoq tizimi, kompyuter texnikasining rivojlanishi, elektron bozor, elektron magazin, dasturiy, texnik va tashkiliy ta'minot.
  • Elektron tijorat tizimining hayotda qo'llanilishining o'ziga xos hususiyatlari: Elektron tijoratda harid qilish usullari va ularning sotuvchi haridor munosabatlarini shakllantirishdagi o'rni.
  • Elektron tijorat tizimlarining asosiy turlari, shakllari va ularning qo'llanilish sohalari: Elektron tijorat (ET) sektorlari, ET tizimida ishtirok etuvchilarning o'zaro munosabit modeli.
  • Elektron tijorat tizimi faoliyatini belgilovchi asosiy faktorlar: Umumiqtisodiy faktorlar, Infratizim faktorlari, Huquqiy faktorlar.
  • Avtomatlashtirilgan elektron tijorat tizimida harid qilish usullari: Internet orqali haridlarni amalga oshirish usullari, Elektron savdo portallari orqali talab va takliflarni tashkil qilish va uning ahamiyati.
  • Elektron tijorat tizimida axborot xavfsizligini ta'minlash usullari: To'lov kartalari va ularning ishlish prinsiplari, Ma'lumotlarni himoyalash usullari.
  • Mahsulot yetkazib beruvchi va haridor o'rtasidagi kelishmovchiliklarni hal etish mexanizmi: Elektron tijoratdagi muammoli vaziyatlarni hal etish yo'llari.