Uzum mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda zamonaviy fizik-kimyoviy usullarning qo’llanilishi

Ushbu kitobda uzum mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash, ularni standartlash, qadoqlash va qayta ishlash texnologiyalari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob uzumchilik sohasidagi tadqiqotchilar, mutaxassislar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda uzumning botanik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, saqlash usullari va mahsulot sifatini aniqlash uslublari batafsil yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Uzum mahsulotlarining sifat ko'rsatkichlari: Uzumning turlari, xalq xo'jaligidagi ahamiyati, botanik ta'rifi, biologik xususiyatlari, O'zbekistonda rayonlashtirilgan navlarning ta'rifi va ularning ishlatilishiga qarab turlanishi haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Meva va sabzavotning kimyoviy tarkibi: Meva va sabzavotlarning tarkibidagi suv, quruq moddalar, uglevodlar, qandlar, vitaminlar, fermentlar va fitonsidlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Maxsulot xaqidagi ma'lumotlarni standartlash va kodlash: Mahsulotlarni shtrix kodlashning ahamiyati, tizimlari (YeAN, IPC), davlat kodlari, korxona kodlari va mahsulot kodlari haqida ma'lumotlar berilgan.
  • Mahsulot sifat ko'rsatkichlarini aniqlash texnikasi: Namunalar olish uslublari, umumiy kislotalikni aniqlash, xom ashyolardagi kislotalilik darajasini aniqlash, quruq moddalar miqdorini aniqlash, mineral moddalarni aniqlash, vitaminlarni aniqlash, sintetik antioksidant va nitratlarni aniqlash, spirtni aniqlash hamda sharbat tarkibidagi qand miqdorini aniqlash usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.