Organik kimyo
Ushbu kitobda organik kimyoning asosiy tushunchalari, organik birikmalarning tuzilishi, xossalari, nomenklaturasi va reaksiyalari batafsil yoritilgan. Kitob o‘quv qo‘llanma sifatida mo‘ljallangan bo‘lib, unda nazariy ma’lumotlar bilan birga amaliy misollar, laboratoriya usullari va sanoatda qo‘llanilishi ham keltirilgan. Organik birikmalarning asosiy sinflari, jumladan, alkanlar, alkenlar, alkinlar, spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, aminlar va boshqalar ko'rib chiqilgan. Kitob oliy o'quv yurtlari talabalari, kimyo o‘qituvchilari va organik kimyo bilan qiziquvchi barcha shaxslar uchun foydali bo'lishi mumkin.
Asosiy mavzular
- Organik kimyoga kirish: Organik kimyo fanining tarixi, organik moddalarning olinishi va klassifikatsiyasi, ularning anorganik moddalardan farqlari, organik kimyoning ahamiyati.
- Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi: A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi, valentlik, izomeriya, gomologiya tushunchalari.
- Kimyoviy bog'lanish va uning turlari: Kovalent bog'lanish, ion bog'lanish, vodorod bog'lanish, molekulalararo ta'sir kuchlari. Sigma va pi bog'lar.
- Uglevodorodlar: Alkanlar, alkenlar, alkinlar, diyenlar, aromatik uglevodorodlar, ularning tuzilishi, nomenklaturasi, izomeriyasi, fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va qo'llanilishi.
- Funktsional gruppali birikmalar: Spirtlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar, efirlar, aminlar, aminokislotalar, oqsillar, uglevodlar, ularning tuzilishi, nomenklaturasi, izomeriyasi, fizik va kimyoviy xossalari, olinishi va qo'llanilishi.
- Yuqori molekulyar birikmalar: Polimerlar, monomerlar, polimerlanish va polikondensatlanish reaksiyalari, polimerlarning turlari, ularning xossalari va qo'llanilishi.
- Geterosiklik birikmalar: Pirol, piridin va ularning hosilalari, ularning tuzilishi, xossalari va ahamiyati.