Dehqonchilik ma’ruza matnlari .

Ushbu kitob dehqonchilik va qishloq xo'jaligi sohasiga oid bo'lib, unda ekinlarni yetishtirish, tuproq unumdorligini oshirish, begona o'tlarga qarshi kurashish, o'g'itlardan foydalanish, almashlab ekish va boshqa agrotexnik tadbirlar haqida ma'lumot berilgan. Kitobda, shuningdek, ilmiy izlanish asoslari, dala tajribalari va ularni rejalashtirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • O'quv materiallari: Fanning maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixi, dehqonchilikning ilmiy asoslari, o'simliklarni hayot omillariga munosobati va ularni boshqarish yo'llari, o'simliklarning o'sishi uchun zarur sharoitlar, dehqonchilikning asosiy qonunlari.
  • Tuproq unumdorligi va madaniyligi. Tuproq strukturasi va haydalma qatlam tuzilishi hamda ularni yaxshilash usullari: Tuproq unumdorligi va uning turlari, tuproq madaniyligi va uni yaxshilash usullari, tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati va yaxshilash tadbirlari.
  • Tuproqning suv va havo rejimlari va ularni boshqarish usullari: O'simlik hayotida, tuproqda suvning ahamiyati va uning asosiy manbalari, tuproqdagi suvning shakllari, tuproqning suv xossalari va suv rejimini boshqarish usullari, o'simliklar hayotida atmosfera hamda tuproq havosining ahamiyati va uning kimyoviy tarkibi, tuproq havo rejimini uni donadorligiga, namligiga, unga ishlov berilishiga va suv rejimiga bog'liqligi. Havo rejimini boshqarish usullari
  • Tuproqning issiqlik rejimi va uni boshqarish usullari: Tuproqdagi issiqlik manbalari, o'simliklar urug'larining unib chiqishi, o'sishi va rivojlanishida issiqlikka bo'lgan talab, o'simliklar uchun kerak bo'lgan minimal, maksimal va optimal haroratlar. Ularning mikroorganizm va organik moddalarga tasiri, issiqlik rejimini boshqarish usullari.
  • Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlarining oziq elementlariga bo'lgan talabi, o'simlik hayotida makro va mikroelementlar hamda o'simliklar oziqlanishida mikroorganizmlarning roli. Dehqonchilikda azot, fosfor va kaliyning hamda don dukkakli o'simliklarning roli, almashlab ekishning ahamiyati, tuproq oziq rejimini boshqarish usullari.
  • Begona o'tlar ularning zarari va biologik xususiyatlari: Begona o'tlar haqida tushuncha, ularning dehqonchilikka keltiradigan zarari. Begona o'tlarning biologik xususiyatlari (serurug'liligi, urug'lar unuvchanligining o'zoq yillar saqlanishi, urug'larni har hil muddatlarda unib chiqishi). Begona o'tlarning ko'payishi va tarqalish yo'llari.
  • Begona o'tlarga qarshi kurashish choralari: Begona o'tlarning tarqalishini oldini olish va ularga qarshi qiruvchi yoki agrotexnik kurashish choralari, begona o'tlarga qarshi maxsus kurash choralari. Begona o'tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari.
  • Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifati: Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar. Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish. Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi.
  • Kuzgi shudgor.Haydalma qatlam qalinligini oshirish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda kuzgi shudgorning ahamiyati. Kuzgi shudgorni o'tkazish muddatlari, chuqurligi. Yerni kuzda qo'sh qavatlab shudgorlash, haydash chuqurligini tabaqalashtirish, haydalma qatlam qalinligi va uni oshirish usullari.
  • Bahorgi haydov. Bedapoya va ang’izni haydash: Yerni bahorda haydash sabablari . Bahorgi haydovning tashkiliy jihatdan kamchilliklari. Tuproq unumdorligini oshirishda bedapoyalarni haydashning ahamiyati, uni o'tkazish muddati, chuqurligi. Bedapoyalarni haydashda yo'l qo'yiladigan kamchilliklar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari. Ang'iz va uni ishlash tizimi.
  • Shudgor va uning turlari. Yerni ishlash sonini minimallashtirish: Shudgor, shudgor turlari va ularni amalga oshirish tizimi. Lalmikorlikda toza shudgor-almashlab ekishning asosiy elementi. Band shudgor, uni o'tkazish sharoitlari va yetishtiriladigan ekinlar. Yerlarni ishlash sonini kamaytirish va uning ahamiyati.
  • Yerga ekin ekishdan oldin ishlov berish. Qishloq xo'jalik ekinlarini ekish usullari: Qishloq xo'jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. Yerga ekin ekishdan keyin ishlov berish. Qishloq xo'jalik ekinlarini ekish usullari, qishloq xo'jalik ekinlarini o'z vaqtida va sifatli ekishning ahamiyati.
  • Almashlab ekish: Almashlab ekish va uning ahamiyati. Almashlab ekish turlari. Almashlab ekishni tuproq unumdorligiga ta'siri hamda almashlab ekish rotasiyasi va tizimlari.
  • Dehqonchilik tizimi va uning tarixiy shakllari: Dehqonchilik tizimi to'g'risida tushuncha. Dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv) tizimi. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi. Zamonaviy dehqonchilik tizimlari va ularning tarkibiy qismlari.
  • Ilmiy izlanish asoslari: Agronomiyada ilmiy tekshirish ishlarining maqsadi, vazifalari, roli, zaruriyati. O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishda ilmiy tekshirishning roli. Ilmiy tekshirish ishlarining qisqacha tarixi. O'zbekistonda ilmiy tekshirish ishlarining imkoniyatlari.
  • Ilmiy agronomiyaning usullari: O'rganish uslublari, tadqiqot-ning usullari, dala tajribasi va uning xususiyatlari.
  • Dala tajribasi uslubiyatining asosiy elementlari: Dala tajribasi oldiga qo'yilgan asosiy talablar, dala tajriba uslubining asosiy elementlari.
  • Tajribada takrorliklarni va variantlarni joylashtirish uslublari: Variantlarni standart usulda joylashtirish, variantlarni sistematik usulda joylashtirish, rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o'ziga xosligi.
  • Tajriba natijalariga statistik ishlov berish. Dispersion tahlil: Matematik statistikaning qishloq xo'jalik dala tajribalaridagi ahamiyati, o'zgaruvchanlik, to'plam va tanlov to'g'risida tushuncha, o'zgaruvchanlikning asosiy statistik ko'rsatkichlari. Dispersion tahlil.