Либос тарихи
Ushbu kitob liboslar tarixini, ularning rivojlanish bosqichlarini, turli xalqlar va davlatlardagi o'ziga xos xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda qadimgi davrlardan boshlab XX asrgacha bo'lgan davr mobaynidagi kiyim-kechak evolyutsiyasi, turli madaniyatlar va geografik hududlardagi liboslarning farqlari va o'xshashliklari ko'rib chiqiladi. Kitob o'quv yurtlari talabalari va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Jamiyat hayotida libosning o'rni. Kiyim va libos tushunchalari: Libosning jamiyatdagi ahamiyati, madaniyat va etnik tarix bilan bog'liqligi, shuningdek, "kiyim" va "libos" tushunchalarining farqi tahlil etiladi. Kiyim insonning tashqi muhit ta'sirlaridan himoya qiluvchi zaruriy vosita, libos esa insonning estetik didini namoyon etuvchi san'at asari sifatida qaraladi.
- Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida kiyimlar: Ibtidoiy odamlarning kiyimlari, ularning shakllanishi va evolyutsiyasi. Qadimgi Misr, Yunoniston va Rimdagi liboslar, ularning asosiy turlari, materiallari va bezaklari ko'rib chiqiladi. Shuningdek qadimgi davrlardagi zodagonlar va qullar orasidagi kiyinishdagi farqlar
- Vizantiya libosi: Vizantiya imperiyasida liboslarning rivojlanishi, imperatorlik va diniy liboslarning xususiyatlari, shuningdek, Vizantiya modasining Yevropaga ta'siri o'rganiladi.
- O'rta asrlarda G'arbiy Yevropa libosi: O'rta asrlardagi Yevropa kiyim-kechaklari, roman va gotika uslublari, ritsarlar liboslari, shahar va qishloq aholisining kiyinishidagi farqlar tahlil qilinadi.
- Uyg'onish - Renessans davri libosi: Renessans davrida libosga bo'lgan munosabat, inson tanasining go'zalligi, yangi materiallar va bezaklar, italyan modasining Yevropaga ta'siri ko'rib chiqiladi.
- XVII asr libosi: XVII asrda Yevropa modasi, ispan uslubi va uning ta'siri, fransuz modasining yuksalishi, yangi materiallar va texnologiyalarning paydo bo'lishi o'rganiladi.
- XVIII asr libosi: XVIII asrda Yevropa modasi, rokok uslubi va uning xususiyatlari, aql va hissiyot, oddiylik va jiddiylik hissi va yangicha yondashuvlar tahlil qilinadi.
- XIX аср libosi: XIX asrda Yevropa modasi, romantizm, Viktoriya davri va boshqa oqimlar ta'siri, sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, yangi materiallar va texnologiyalar muhokama etiladi.
- XX va XXI аср либoслари: XX va XXI asrlarda moda, urush davri modasi, «Нью-лук» ва 50-йиллар услуби, ёшлар субмаданияти ва ёппон услуби хакида тавсифлар.
- Жанубий ва Шарқий Осиё халқларининг либослари: Япония ва Форс каби йирик давлатлар хакида суз юритилади .Шунингдек ушбу китобда туркий халклар хакида хам баён этилади.