Sotsiologiya
Ushbu o'quv qo'llanma sotsiologiya fanining asosiy tushunchalari, tarixi, nazariyalari va metodologiyasini o'rganishga bag'ishlangan. Unda sotsiologiyaning predmeti, obyekti, strukturasi, asosiy yo'nalishlari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy guruhlar, institutlar, madaniyat, shaxs sotsiologiyasi, deviatsiya, ijtimoiy stratifikatsiya va mobillik, ijtimoiy taraqqiyot, empirik tadqiqotlar kabi mavzular yoritilgan. Qo'llanma talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar va sotsiologiya faniga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Sotsiologiya fan sifatida: Sotsiologiya fanining vujudga kelishi, predmeti va obyekti, antik davr va Sharq mutafakkirlarining sotsiologik qarashlari, sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni, Ogyust Kontning pozitiv sotsiologiya asoschisi sifatidagi qarashlari.
- Sotsiologiya strukturasi: Fanda struktura tushunchasi va uning ahamiyati, sotsiologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari, nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi, sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo'nalishlar: makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya, sotsiologiya strukturasi elementlarining rivojlanish dinamikasi.
- Jamiyat yaxlit tizim sifatida: Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi, G'arb sotsiologlarining ijtimoiylik va jamiyat haqidagi qarashlari, Jamiyat va Davlat, zamonaviy jamiyatning turlicha ta'riflanishi, Sharq mutafakkirlarining jamiyat to'g'risidagi qarashlari.
- Sotsial guruhlar va sotsial institutlar: Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari va turlari. Sotsiologiyada sotsial institut tushunchasi, turlari va asosiy vazifalari. O'zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish. Sotsial institutlar: iqtisod, siyosat, din, huquq va boshqalar.
- Shaxs sotsiologiyasi va deviant xulq-atvor: Shaxs tushunchasi talqini, Sotsial me'yor va deviant xulq-atvor turlari, deviant xulq-atvorning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik tomonlari, sotsial nazorat, jamoatchilik fikri sotsial nazoratning shakli sifatida.
- Jamiyat sotsial strukturasi va stratifikatsion jarayonlar: Sotsial struktura tushunchasi talqini, stratifikatsiya asoslari va mezonlari. Stratifikatsion tizimlar, O'zbekistonda sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik (harakatchanlik) jarayoni. Sotsial harakatchanlik belgilari va turlari.
- Ijtimoiy munosabatlar: Sotsial munosabatlar tushunchasi va turlari, sotsial tizimlarning muvaffaqiyatli ishlash omillari, begonalashuv turlari va ularning ijtimoiy oqibatlari.
- Ijtimoiy taraqqiyot sotsiologiyasi: Sotsiologiyada ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi va shakllari, sotsial reformalar va ularning turlari, global ijtimoiy-iqtisodiy tanazzullar va ularning ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga salbiy ta'siri.
- Empirik sotsiologik tadqiqot va uning metodlari: Sotsiologik tadqiqot dasturining tarkibi, sotsiologiyada ma'lumot to'plash metodlari, sotsiologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish.