“Ikkinchi jahon urushining 1941-1944-yillardagi asosiy janglari” mavzusini o`qitish metodlari.(AL va KXK tarix darslarida)
Bitiruv malakaviy ishi "Ikkinchi jahon urushining 1941-1944-yillardagi asosiy janglari mavzusini o‘qitish metodlari (AL va KXK tarix darslarida)" mavzusida bo'lib, unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch davlat universiteti Tarix fakulteti talabasi Abdullayev Farhod Otabekovichning ushbu mavzuni o‘rganish, tadqiq qilish va o‘qitish metodlari bo‘yicha olib borgan ishlari aks etgan. Ishda mavzuning dolzarbligi, asosiy janglarning borishi, natijalari, darsliklarda yoritilishi, hamda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari o‘rganilgan.
Asosiy mavzular
- Ikkinchi jahon urushining sabablari va boshlanishi: Urushning kelib chiqish sabablari, asosiy bosqichlari, fashistlar Germaniyasining tajovuzkor siyosati va Yevropadagi vaziyat, Sovet Ittifoqiga hujum va antifashistik koalitsiyaning shakllanishi.
- 1941-1944 yillardagi asosiy janglar: Moskva jangi, Stalingrad jangi, Kursk jangi, Dnepr uchun jang, Qrimni ozod qilish operatsiyasi, Leningrad mudofaasi, G'arbiy Yevropadagi hujum va boshqa muhim janglar.
- Janglardan keyingi xolat: Urushning yakuniy bosqichlari, Germaniyaning taslim bo'lishi, urushning oqibatlari, xalqaro munosabatlardagi o'zgarishlar va urushdan keyingi davrda dunyoning qayta qurilishi.
- O'qitish metodlari: Ta'lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darslarni interaktiv usullar bilan tashkil etish, turli xil materiallardan (slaydlar, kompyuter tizimi, videofilmlar va hk) foydalanish, guruhlar bilan ishlash va muammoli ta'limni qo'llash.