Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslari va uning geografiya darslarida o’qitish metodlari
Ushbu kitob Markaziy Osiyo mintaqasining suv resurslariga, ularning geografik, iqtisodiy va ekologik ahamiyatiga bag'ishlangan. Kitobda mintaqaning daryolari, ko'llari, suv omborlari, yer osti suvlari, shuningdek, suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy masalalari ko'rib chiqilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo daryolari haqidagi ma'lumotlar bilan darslarni mazmunli tashkil qilish yoritilgan.
Asosiy mavzular
- Markaziy Osiyoning geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari: Markaziy Osiyoning geografik o'rni, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, foydali qazilmalari va boshqa tabiiy resurslari tavsiflanadi.
- Markaziy Osiyo mintaqasining ichki suvlari va suv resurslari: Markaziy Osiyoning daryolari (Amudaryo, Sirdaryo, Irtish va boshqalar), ko'llari (Kaspiy, Orol, Balxash va boshqalar) va suv omborlari haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Ularning xo'jalik ahamiyati, suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish masalalari ko'rib chiqiladi.
- Markaziy Osiyo mintaqasida suv resurslaridan foydalanishning transchegaraviy masalalari: Suv taqchilligi, suv resurslarini taqsimlash, qo'shni davlatlar bilan hamkorlik masalalari, suvdan oqilona foydalanish va suvni tejash usullari yoritilgan.
- Hayot faoliyati xavfsizligi va favqulotda vaziyatlarida fuqoralarni muhofaza qilish: Favqulotda vaziyatlar, ularning oldini olish, favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish choralari, fuqaro muhofazasi to'g'risida qonunlar va qarorlar haqida ma'lumot berilgan.