Tеxnologik jarayonlarni idеntifikatsiyalas
Ushbu kitob "Texnologik jarayonlarni identifikatsiyalash"ga bag'ishlangan bo'lib, unda texnologik jarayonlarni identifikatsiyalashning nazariy va amaliy jihatlari, modellar tuzish, kuzatish natijalari asosida matematik modellar aniqlash usullari, signallar yordamida identifikatsiyalash usullari, korrelyatsion funksiya usullari, regression usullar, stoxastik approksimatsiya va ketma-ket o'rgatish usullari, kvazichiziqlash va invariant botish usullari kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
Asosiy mavzular
- Identifikatsiya kuzatish natijalari asosida modellar tuzishning usuli sifatida: Modellashtirish tushunchasi, identifikatsiyalashning tor va keng ma'nolari, normal ishlash tartibida identifikatsiya va aktiv identifikatsiya, ushbu kursning vazifasi va tarkibi.
- Holat fazosi, kuzatiluvchanlik va identifikatsiyalashuvchanlik: Holat fazosi tushunchasi, kuzatiluvchanlik, identifikatsiyalashuvchanlik, holat fazosida tasavvur etish va uzatish funktsiyasi yordamida tasavvur etish o'rtasidagi aloqa.
- Sinusoidal, pog'onali va impuls signallar yordamida identifikatsiyalash usullari: Fure almashtirishiga asoslangan identifikatsiyalash usullari, chastotali tasniflash yordamida identifikatsiyalash, o'tish funktsiyasi yordamida identifikatsiyalash, impuls o'tish funktsiyasi yordamida identifikatsiyalash.
- Korrelyatsion funktsiya usullari: O'ram va korrelyatsiya integrallari, o'zaro korrelyatsiya va impulsli ta'sirlar, sistemalarni kirishida oq shovqin yordamida identifikatsiyalash, tasodifiy va psevdotasodifiy ketma-ketliklarni generatsiyalash, psevdotasodifiy binar ketma-ketliklarni generatsiyalash, korrelyatsion funktsiyalar asosida chastotaviy tavsiflarni olish.
- Regression usullar yordamida identifikatsiyalash: Bir chiqishli sistemalar uchun statik masalalar, bir qancha kirishli va chiqishli sistemalar uchun statik masalalar, chiziqli dinamik jarayonlarni regression identifikatsiyalash, uzatish funktsiyalar yordamida sistemalarni modellarini qurish, dispersiya minimumi va o'xshashlik funktsiyasi mezonlari bo'yicha identifikatsiyalash.
- Stoxastik approksimatsiya va ketma-ket o'rgatish usullari bilan identifikatsiyalash: Identifikatsiya uchun stoxastik approksimatsiya usulini qo'llash, stoxastik approksimatsiya usuliga ko'ra identifikatsiyalash muolajalari, identifikatsiya algoritmi uchun boshlang'ich baholar.
- Kvazichiziqlash va invariant botish usullari bilan identifikatsiyalash: Kvazichiziqlash usuli bilan sistemalarni identifikatsiyalash, invariant botish usuli bilan sistemalarni identifikatsiyalash.
- Dinamik sistemalarning holati va parametrlarini birgalikda baholash: Chiziqli sistemalarda holat va parametrlarini birgalikda baholash masalasini umumlashtirish kabi nochiziqli dinamik sistemalar holatini baholash masalasining qo'yilishi.