Экология
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti Buxoro filiali "Umumkasbiy fanlar" kafedrasi tomonidan tayyorlangan bo'lib, ekologiya faniga oid ma'ruzalar to'plamidan iborat. Kitobda ekologiyaning asosiy tushunchalari, muammolari va ularni hal qilish yo'llari bayon etilgan.
Asosiy mavzular
- Ekologiya fani. Atrof muhitning umumiy holati: Ekologiya fanining maqsadi, vazifalari, boshqa fanlar bilan bog'liqligi, qisqacha tarixi, atrof-muhitning holati va muhofazasi masalalari ko'rib chiqiladi.
- Biologik muvozanat. Ekologik muammolar. Asosiy ekologik tushunchalar: Biologik muvozanatning mohiyati, buzilish sabablari va oqibatlari, uni tiklash yo'llari, ekologik muammolar tushunchasi va turlari, asosiy ekologik tushunchalar batafsil yoritilgan.
- Biosfera tarkibi, chegaralari. Akad. V.I.Vernadskiyning ta'limoti. Tabiatdagi moddalarning aylanma harakatlari: Biosferaning tuzilishi, tarkibi, chegaralari, V.I.Vernadskiyning biosfera haqidagi ta'limoti, jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlar, tabiatda moddalarning aylanma harakatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
- Tabiiy resurslar. Muhit va ekologik omillar: Tabiiy resurslar va ularning turlari, zahiralari, ulardan foydalanish holati va istiqbollari, ekologik omil va ekologik muhit tushunchalari, ekologik omil turlari va ularning muhitga ta'siri etish xususiyatlari.
- Atmosfera – havo qobig'i: Atmosfera havosining tarkibi, ekologik tizimda tutgan o'rni, resurslari, havo ifloslanish sabablari va oqibatlari, atmosfera ifloslanishining oldini olish choralari.
- Gidrosfera – suv qobig'i: Gidrosfera resurslari, suvning ekotizimdagi va inson hayotidagi o'rni, suv resurslariga ekologik omillar ta'siri, suvning ifloslanish turlari va shakllari, suv resurslarini muhofaza qilish usullari.
- Litosfera – tuproq qatlami: Litosfera va tuproq tushunchasi, tuproqning ekologik tizimdagi o'rni, tuproq resurslari, ularga ekologik omillarning ta'siri, tuproqni unumdorligini tiklash.
- Biologik resurslar – o'simlik va hayvonot dunyosi: O'simlik va hayvonot dunyosining ekologik tizimda tutgan o'rni, biologik resurslarga ekologik omillarning ta'siri, biologik resurslarni muhofaza qilish asoslari.
- Er qat'ri: Er qat'ri tushunchasi, mineral resurslari, er qat'riga ekologik omillarning ta'siri, muhofaza qilish asoslari.
- Manzaralar: Manzara tushunchasi, turlari, ahamiyati, O'zbekiston hududidagi manzaralar, manzara muhofazasi.
- Xalqaro ekologik hamkorlik: Xalqaro ekologik hamkorlik tushunchasi, printsiplari, muhofaza qilishning xalqaro ob'ektlari, hamkorlikning shakllari, O'zbekistonning ishtiroki.
- Ekologiya va iqtisodiyot: Atrof-muhit holatiga ta'sir etuvchi omillar, holatining inson salomatligiga ta'siri, tabiiat muhofazasi, tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlari.
- Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tizimi: Tabiatni huquqiy muhofaza qilish tushunchasi, qonunchiligi, ekologik nazorat, ekspertiza, javobgarlik.