MOODLE тизими ва ундан фойдаланиш

Ushbu qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, unda Moodle tizimi va undan foydalanish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar berilgan. Qoʻllanmada masofaviy taʼlim tizimlari, Moodle tizimining nazariy asoslari va unda ishlash boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan.

Asosiy mavzular

  • LMS tizimlari va ularning tavsifi: Masofaviy o'qitish tizimining mohiyati, LMS tizimlarining funksiyalari va taxlili.
  • Moodle tizimi nazariy asoslari: Moodle tizimi va uning tarixi, shaxsiy kabinet yaratish va sozlash, kurs elementlari bilan tanishish.
  • Moodle tizimi bilan ishlash: Kurs yaratish va sozlash, kurs elementlari bilan ishlash, yaratilgan kursga talabalarni qo'shish, kursga oqim va guruhlar qo'shish.