Valeologiya asoslari
Ushbu metodik qo'llanma valeologiya fanining asosiy tushunchalari, inson salomatligi va unga ta'sir etuvchi omillar, sog'lom turmush tarzi, gigiena va jinsiy tarbiya masalalarini qamrab oladi. Kitob talabalarning valeologik bilimlarini oshirishga qaratilgan.
Asosiy mavzular
- Valeologiyaning nazariy - metodologik asoslari: Valeologiya fanining predmeti, ob'ekti, maqsadi, vazifalari va metodlari. Sog'lom avlodni tarbiyalash konsepsiyasi. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
- Valeologik yoʻnalishlar: Pedagogik, ekologik va ijtimoiy valeologiya: Valeologiyaning tarmoqlari va sohalari: tibbiy valeologiya, yosh davrlar valeologiyasi, differensial valeologiya, kasbiy valeologiya, maxsus valeologiya, ekologik valeologiya. Yosh davrlar valeologiyasi - insonning sog'lom rivojlanishining yosh bilan bog'liq oʻziga xosliklarini, uning turli yosh davrlarida ichki va tashqi muhit omillari bilan oʻzaro munosabatini hamda hayotiy faoliyat sharoitlariga moslashuvini oʻrganadi.
- Inson salomatligi. Sogʻlom va kasal organizm haqida: Salomatlikning ta'rifi va tarkibiy qismlari. Sog'lomlik darajasini aniqlash mezonlari. Inson salomatligiga ta'sir etuvchi omillar: turmush tarzi, ekologik omillar, biologik omillar, tibbiy omillar.
- Sog'lom turmush tarzi va uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar: Sog'lom turmush tarzining mohiyati va ahamiyati. Shaxs gigienasi, kun tartibi, jismoniy faollik, ovqatlanish gigienasi, ekologik madaniyat.
- Faol harakat va salomatlik: Faol harakatning organizmga ta'siri. Jismoniy mashqlar va ularning foydasi. Chiniqish va uning ahamiyati.
- Organlarni funksional holatini baholash: Organlarning funksional holatini baholash usullari: somatoskopiya, antropometriya, indekslar. Yurak-qon tomir va nafas olish sistemalarining funksional holatini baholash.
- Ovqatlanish va salomatlik: Oqilona ovqatlanishning asosiy prinsiplari. Turli yoshdagi odamlarning ovqatlanish xususiyatlari. Parhez ovqatlanish.
- Vitaminlar: Vitaminlarning organizm uchun ahamiyati. Suvda eriydigan va yog'da eriydigan vitaminlar. Vitamin yetishmovchiligi (gipovitaminoz va avitaminoz) va ularning oqibatlari.
- Anemiya: Anemiyaning ta'rifi, tasnifi va sabablari. Temir moddasi yetishmaydigan anemiya. Kamqonlikni davolash va oldini olish.
- Yod tanqisligi va endemik buqoq kasalligi: Yod tanqisligining oqibatlari. Endemik buqoqning oldini olish chora-tadbirlari: yodlangan tuzdan foydalanish, yod preparatlarini qabul qilish.
- Inson salomatligi va zararli odatlar: Zararli odatlarning (chekish, spirtli ichimliklar iste'mol qilish, giyohvandlik) inson salomatligiga ta'siri. Ichkilikbozlikning kelib chiqishi va tarqalish tarixi. Tamaki chekishning sog'liqqa zarari.
- Giyohvandlik va toksikomaniya: Giyohvandlikning tarixi. Narkotik moddalar va ularning tasnifi. Narkomaniyaning shakllanish dinamikasi. Polinarkomaniya. Giyohvand bemorlarni davolash.
- OIV/OITS haqida tushuncha: OIV va OITSning ta'rifi, tuzilishi, yuqish yo'llari va rivojlanish bosqichlari. OITSning klinik belgilari. OIV infeksiyasi profilaktikasi.
- Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash masalalari: Gigienik va jinsiy tarbiya. O'quvchi-yoshlarning jinsiy rivojlanish xususiyatlari. Yoshlarni sog'lom oila qurishga tayyorlash.
- Homiladorlik: Homiladorlikning fiziologik kechishi. Homiladorlar gigienasi. Homiladorlik davrida koʻriladigan asoratlar.
- Odam ontogenezi: Postembrional rivojlanish. Yuvenil davr, yetuklik davri, qarilik davri.
- Abort va uning asoratlari: Abortning turlari. Sun'iy abort va beixtiyor abort. Abortning salbiy oqibatlari. Kutilmagan homiladorlikni oldini olish.
- Irsiyat va salomatlik: Irsiyat va oʻzgaruvchanlik. Tibbiy genetika. Xromosoma kasalliklari. Odam irsiyatini oʻrganish usullari: genealogiya, egizaklar, dermatoglifika, populyatsion - statistik, bioximiyaviy, sitogenetika, somatik hujayralarni duragaylash, modellashtirish, immunologik.
- Sivilizatsiya kasalliklari: Arteroskleroz, qon bosimi, miokard infarkti, ishemiya va koronar kasalliklari. Gipertoniya. Yurakning ishemik kasalliklari. .
- Magnit to foni va salomatlik: Quyoshning magnit toʻlqinlari yerga tushishi va organizmga ta'siri.
- Suvdan toʻgʻri foydalanish: Toza ichimlik suvi va uning organizm uchun ahamiyati. Dengiz suvi.