Мakroiqtisodiyot

Ushbu kitob makroiqtisodiyot nazariyasi va amaliyotiga bag'ishlangan bo'lib, unda makroiqtisodiyotning asosiy tushunchalari, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar, makroiqtisodiy beqarorlik, pul va kredit siyosati, tashqi savdo siyosati va iqtisodiy o'sish kabi mavzular yoritilgan. Kitobda makroiqtisodiyotning neoklassik modellari ham ko'rib chiqilgan.

Asosiy mavzular

  • Makroiqtisodiyotga kirish: Makroiqtisodiyot fanining predmeti, uslubi va vazifalari, ehtiyojlar va resurslar, iqtisodning asosiy masalalari, resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda daromadlar xarajatlarning doiraviy oqimi modeli.
  • Asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar va ularni hisoblash: Makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning mohiyati, yalpi ichki mahsulot, makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko'rsatkichlari, milliy hisoblar tizimi.
  • Bozor iqtisodiyotining davriy rivojlanishi. Ishsizlik: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari, ishsizlik, uning turlari va darajasi, aholining turmush darajasi va inflyatsiya.
  • Inflyatsiya va aksilinflyatsiya siyosati: Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari, inflyatsiyaning turlari, talab va taklif inflyatsiyasi, inflyatsiya va ishsizlik o'rtasidagi bog'liklik.
  • Yalpi talab - yalpi taklif modeli: Yalpi talab va unga ta'sir etuvchi omillar, yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar, AD-AS modelida narxlar va milliy ishlab chiqarish real hajmining muvozanatli darajalari.
  • Iste'mol, jamg'arish va investitsiya funktsiyalari: Iste'mol va jamg'arish, ularning grafiklari, iste'mol va jamg'arish funktsiyalari, iste'mol va jamg'arishga o'rtacha hamda chegaralangan moyillik, investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
  • Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiqtisodiy muvozanat modeli: Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar, Keyns xochi, avtonom xarajatlar multiplikatorlari.
  • Ochiq iqtisodiyotda makroiqtisodiy siyosat: Sof eksport, avtonom xarajatlar va pul taklifi, valyuta kurslarining o'zgarishi.
  • Pulga talab funktsiyasi: Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o'rni, pulga bo'lgan talabning keynscha nazariyasi
  • Pul taklifi. Pul bozorida muvozanat: Pul taklifi va pul multiplikatori, Pul bozorida muvozanat, to'lov balansi
  • IS-LM modeli: Iqtisodiyotdagi muvozanatni tavsifi va unga erishish yo'llari, IS egri chizig'i va uning tenglamasi, LM - egri chizig'i va uning tenglamasi, IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat
  • Iqtisodiy o'sishning umumiy tavsifi va Neokeynscha modellari: Iqtisodiy o'sish tushunchasi, iktisodiy o'sishga ta'sir etuvchi omillar, Harrod-Domar modeli, Felpsning jamg'arishni “oltin qoidasi
  • Xalqaro savdo nazariyasi: Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko'rinishlari, Mutlaq va nisbiy afzallik nazariyalari, tashqi savdoda yutuqlar
  • Tashqi savdo siyosati: Tashqi savdo siyosatining mohiyati, Importga tariflarning ishlab chiqaruvchilarga va iste'molchilarga ta'siri, Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari, Import kvotalari va litsenziyalarni taqsimlash uslublari