Кимёнинг махсус боблари
Ushbu o'quv qo'llanma "Kimyoning maxsus boblari" fanini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, neft va gazni qayta ishlash texnologiyalari, kimyoviy texnologiya jarayonlari, atrof-muhit muhofazasi kabi yo'nalishlarda ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada organik kimyo bilan neft va gaz kimyosining bog'liqligi, neft tarkibi, alifatik va aromatik uglevodorodlar, гетероатомli birikmalar, qayta ishlash usullari hamda olingan mahsulotlarning xossalari va qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston va boshqa MDH mamlakatlarining neft va gaz konlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Neft tarkibi: Neftning asosiy tarkibiy qismlari: alkanlar (parafinlar), sikloalkanlar (naftenlar) va aromatik uglevodorodlar (arenlar). Neft alkanlarining xossalari, gaz holatidagi va qattiq parafin uglevodorodlar, ularning fizik va kimyoviy xossalari hamda reaktsiyalari batafsil ko'rib chiqiladi.
- Neft sikloalkanlari: Monotsiklik va politsiklik sikloalkanlar, ularning fizikaviy xossalari, asosiy reaktsiyalari, nitrat kislota ta'siri, oksidlanish, perbromlash, o'rin almashinish va termik ta'sirlar.
- Neftdagi Arenlar va Gibrid Birikmalar: Arenlarning umumiy xossalari, fizikaviy va kimyoviy xossalari, kondensirlangan arenlar hamda gibrid sikloalkan-arenlar haqida ma'lumotlar. Ularning neftkimyoviy sintezda ishlatilishi.
- Neftni qayta ishlashda hosil bo'ladigan to'yinmagan uglevodorodlar: To'yinmagan uglevodorodlarning umumiy ma'lumotlari va xossalari, alkenlarni ajratib olish usullari, ularning kimyoviy xossalari, vodorod bilan biriktirib olish, oksidlanish va ozonlash. Alkadienlar va atsetilenning xossalari.
- Neftning гетероатомli birikmalari: Neft tarkibidagi azot saqlovchi va oltingugurt saqlovchi birikmalar, ularning tasnifi, tuzilishi, xossalari va neftni qayta ishlash jarayonlariga ta'siri.
- Neftni qayta ishlashning sanoat jarayonlari: Neftni qayta ishlashning termik (kreking, piroliz, kokslash) va termokatalitik jarayonlari (katаlitik kreking, riforming), ularning mexanizmlari va mahsulotlari.