Byudjet hisobi
Ushbu kitob budjet hisobi va buxgalteriya hisobi, moliyaviy natijalar, buxgalteriya balansini tuzish tartibiga oid ma'lumotlar berilgan. Kitob asosan moliyaviy organlar, g'aznachilik va byudjet tashkilotlari uchun mo'ljallangan.
Asosiy mavzular
- Byudjet hisobining predmeti, metodi va uslubiy asoslari: Byudjet hisobi fani, uni tashkil etish uslublari va yuritishning hususiyatlari hamda vazifalari keltirilgan.
- Moliya organlari, Gʻaznachilik va uning xududiy boʻlinmalarida buxgalteriya hisobi: Buxgalteriya hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari, vazifalari va qoʻllaniladigan hujjatlar, hisob registrlari haqida ma'lumot berilgan.
- Gʻazna ijrosi sharoitida Davlat byudjeti daromadlari hisobi: Byudjet daromadlari hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va xususiyatlari, byudjet tasnifining oʻrni hamda buxgalteriya yozuvlarida rasmiylashtirish tartibi aks ettirilgan.
- Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini tashkil etish: Buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari hamda xususiyatlari, hisobni tartibga solishning qonunchilik asoslari keltirilgan.
- Byudjet tashkilotlarida byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetalari: Smetani tuzish, tasdiqlash va taqdim etish tartibi, byudjet tashkilotlarida xarajatlar smetalarini o'rni va axamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
- Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi: Asosiy vositalar hisobini tashkil etish, asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi haqida ma'lumot berilgan.
- Tovar-moddiy zaxiralar hisobi: Tovar moddiy zaxiralarning tarkibi, tayinlanishi va hisobining vazifalari hamda ularning hisobga oluvchi hisobvaraqlarni tayinlanishi keltirilgan.
- Byudjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobi: Tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari hamda tovar (ish, xizmat)larni sotish hisobi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi: Moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari, va byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish keltirilgan.
- Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi: Byudjet tashkilotlarida mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan hisoblashuvlar hisobi hamda hisoblashuv muomalalari boʻyicha inventarizatsiya hisobi keltirilgan.
- Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi: Byudjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to'lash hisobini tashkil etish hamda unga tenglashtirilgan to'lovlar hisobi keltirilgan.
- Byudjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi: Byudjet tashkilotlarida byudjet mablagʻlari boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashning zarurligi haqida ma'lumotlar berilgan.
- Byudjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi: Toʻlovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar boʻyicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi keltirilgan.
- Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi: Byudjet tashkilotini yakuniy moliyaviy natijalarini aniqlashning ahamiyati va zarurligi haqida ma'lumot berilgan.