Aloqa yo’llari

Ushbu kitob "Aloqa yo'llari" fanidan ma'ruzalar to'plami bo'lib, asosan oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Unda aloqa yo'llarining respublika iqtisodiyotidagi ahamiyati, temir yo'llar, avtomobil yo'llari, suv havzalaridagi va havo yo'llari, sanoat va qishloq xo'jalik yo'llari hamda shahar yo'llari va ko'chalar kabi mavzular yoritilgan.

Asosiy mavzular

  • Aloqa yo'llarining iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi o'rni: Aloqa yo'llarining rivojlanish bosqichlari, tasnifi, O'zbekistonda transport yo'laklariga bo'lgan talab, "Buyuk ipak yo'li"ning hozirgi o'rni va tranzit harakat yo'nalishlari haqida ma'lumot beriladi.
  • Temir yo'llar va uning milliy iqtisodiyotdagi o'rni: Temir yo'llarning rivojlanish istiqbollari, temir yo'l tarmoqlari, ko'ndalang kesimi, yuk va yo'lovchi bekatlari, quvib o'tish yo'llari va temir yo'ldagi qurilmalarning ahamiyati tahlil qilinadi.
  • Avtomobil yo'llari va uning ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi ahamiyati: Avtomobil yo'llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o'rni, O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari tarmog'ining zamonaviy holati, zamonaviy avtomagistrallar, milliy avtomagistrallarni barpo etish va respublikada olib borilayotgan yo'l siyosati ko'rib chiqiladi.
  • Suv havzalaridagi aloqa yo'llari: O'zbekiston Respublikasi daryo yo'llari va ularga qo'yiladigan talablar, portlar va kema qatnaydigan daryolarda quriladigan ko'priklarga qo'yiladigan talablar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
  • Havo yo'llari: O'zbekiston havo yo'llari tarmog'i, aeroportlar hamda aerodrom va uning asosiy elementlari haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
  • Sanoat va xo'jalik yo'llari: Sanoat va xo'jalik yo'llarining bajaradigan vazifalari, kon yo'llari, arqon yo'llar, xo'jalik yo'llari va ularga qo'yilgan talablar, elementlari hamda muhandislik qurilmalari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
  • Avtomobil yo'llarining rejasi, bo'ylama, ko'ndalang kesimlari va yo'lto'shamasi to‘g‘risida tushuncha: Avtomobil yo‘llariga qo‘yiladigan talablar, harakat miqdori va tarkibi, yo‘ldagi hisobiy tezlik, avtomobil yo‘lini jihozlash elementlari, avtomobil magistral yo‘llarining elementlari, yo‘l rejasi va uning elementlari kabi mavzular ko'rib chiqiladi.