Машина деталлари
Ushbu kitob mashinasozlik va mexanika injeneriyasi sohasida bilim beruvchi qo'llanma bo'lib, mashina detallari, ularning turlari, hisoblash usullari va loyihalash asoslarini o'z ichiga oladi. Kitobda materialshunoslik, nazariy mexanika, konstruksiyalash va texnologiya kabi sohalarga oid ma'lumotlar ham keltirilgan.
Asosiy mavzular
- Umumiy tushunchalar. Mashina detallari fanining vazifasi va umummuhandislik fanlari bilan bog'liqligi: Bu mavzu mashina detallari fanining maqsadini, vazifalarini va boshqa fanlar bilan aloqasini ochib beradi. Unda mashina detallarining konstruktsiyasiga qo'yiladigan talablar ham ko'rsatilgan.
- Birikmalar: Ushbu mavzu ajraladigan va ajralmaydigan birikmalarni, payvandlash va parchin mixli birikmalarni o'z ichiga oladi.
- Kavsharlangan va elimlangan birikmalar: Kavsharlash va elimlash usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, klemmali birikmalar haqida ma'lumot beriladi.
- Rezbali birikmalar: Rezbali birikmalarning turlari, ularning geometrik parametrlari va mustahkamlikka hisoblash usullari ko'rib chiqiladi.
- Shponkali, shlitsali birikmalar: Shponkali va shlitsali birikmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi va hisoblash usullari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
- Presslangan (tig'izlangan) birikmalar: Presslangan birikmalarning hosil qilinishi, mustahkamligi va deformatsiyalanishi hisoblash usullari bayon etiladi.
- Mexanik uzatmalar. Tishli uzatmalar: Mexanik uzatmalarning turlari, tishli uzatmalarning geometriyasi, kinematikasi va hisoblash usullari muhokama qilinadi.
- Kontakt kuchlanish va mustahkamlik: Tishli uzatmalarda kontakt kuchlanishni hisoblash usullari, shuningdek, tishlarning mustahkamligini tekshirish usullari keltirilgan.
- Tug'ri tishli silindrik uzatmalarni mustaxkamlikka xisoblash: Tug'ri tishli silindrik uzatmalarining afzallik va kamchiliklari mexanik hususiyatlari haqida ma'lumot berilgan
- Qiya tishli uzatmalarni xisoblashning o'ziga xos xususiyatlari: Ushbu bo'limda qiya tishli uzatmalarning kontakt va eguvchi kuchlanishlari, shuningdek xisoblash jarayonlari keltirilgan.
- Konussimon uzatmaning foydali ish koeffisienti, ishlatiladigan materiallar, ruxsat etilgan kuchlanishlar: Ko'rib chiqilayotgan uzatmaning turli harakteristikalari, materiallari va ruxsat etilgan kuchlanishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan
- Zanjirli uzatmalar: Zanjirli uzatmalarning tuzilishi va zanjir elementlaridagi kuchlanishlar tasvirlangan
- Vallar va o'qlar: Vallar va o'qlarning turlari tuzilishi jihatdan va muhandislik xisoblash nuqtai nazaridan ko'rib chiqilgan
- Vallarining bikrlikka va tebranishiga xisoblash: Ushbu darslikda vallarning bikrligi, tebranishning turlari va tebranish natijasida paydo bo'ladigan hodisalar haqida ma'lumotlar keltirilgan
- Podshipniklar. Sirpanish podshipniklari: Podshipniklarning turlari, materiallari ularning ishlash prinsiplari haqida ma'lumot berilgan
- G'ildirakli podshipniklar: Ushbu bo'limda Dumalash Podshipniklarining tuzilishi va ularning ishlash xususiyatlari keltirilgan
- Muftalar: Bu bo'limda doimiy biriktirilgan muftalar, boshqariladigan muftalar va boshqa qo'shimcha materiallar keltirilgan
- Prujinalar: Prujinalarning tuzilishi va mashinalarda ishlatilishi bo'yicha ma'lumot berilgan
- Yuk ko'tarish-tashish mashinalari: Bu bo'lim turli xildagi Yuk ko'tarish-tashish mashinalari bilan tanishtiradi
- Mashina detallarini avtomatik loyihalash: Ushbu bo'limda mashina detallarini avtomatik ravishda loyihalashtirish, qadamlar ketma ketligi, dasturli va apparatli ta'minot haqida ma'lumot berilgan