Зоология ва экология фани бўйича ўқув –услубий мажмуа
Ushbu kitob zoologiya va ekologiya fanining mohiyatini, vazifalarini, tuzilishini, evolyutsiyasini, sistematikasini, klassifikatsiyasini va ekologiyasini chuqur yoritadi. Kitobda hayvonot dunyosining xilma-xilligi, ularning tuzilish xususiyatlari, yashash sharoitiga moslashuvlari, evolyutsion rivojlanishi va ekologik ahamiyati batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, kitobda hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ham ko'rib chiqiladi.
Asosiy mavzular
- Zoologiya va ekologiyaning maqsadi va vazifalari: Zoologiya va ekologiya fanining rivojlanish tarixi, tizimiy birliklar va zoologik tizim, biologik fanlar tizimida zoologiyaning o'rni, hayvonlarning tuzilishi va organizmlarning asosiy xususiyatlari, evolyutsiya nazariyasi, birlamchi organizmlarning kelib chiqishi va hayvonlarning o'simlik dunyosidan farqi, zoologiyaning sistematik kategoriyalari, ontogenez va filogenez, organizmlarning tuzilishi va hayotchanlik qonunlari.
- Hayvonot dunyosining tuzilishi, sistematikasi va klassifikatsiyasi: Hayvonot dunyosining sistematikasi va klassifikatsiyasi, bir hujayrali hayvonlar kenja dunyosi, sodda yoki bir hujayrali hayvonlar tipi, sodda hayvonlarning umumiy xarakteristikasi, tuzilishi, hayoti, xarakati, ovqatlanishi, ayirishi, ko'payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi va ahamiyati.
- Sarkodalilar va xivchinlilar sinflari: Umumiy xarakteristikasi, klassifikatsiyasi, tuzilishi va yashash xususiyatlari, o'simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarning muhim vakillari, yolg'on oyoqlilar yoki sarkodalilar sinfi, tuzilishi va hayoti, erkin yashovchi va parazit amyo'balar, chig'anoqli amyo'balar.
- Sporalilar va infuzoriyalar sinflari: Umumiy xarakteristikasi va klassifikatsiyasi, parazitlik xususiyatiga o'tish munosabati bilan tuzilishi, hayotiy xususiyatlari, sporaning tuzilishi va rivojlanishi, sporalarning tabiatda tutgan o'rni, infuzoriyalar sinfi, tuzilishi va yashashi, erkin yashovchi infuzoriyalar, ka'vsh qaytaruvchi hayvonlarda simbioz holda yashovchi infuzoriyalar.
- Ko'p hujayrali hayvonlar tipi. Kovakichlilar tipi: Kovak ichlilarning tuzilish xususiyati, ko'payishi, rivojlanishi, ovqatlanishi va yashashi, gidroidlar, tsifoid meduzalar va marjon poliplar sinflari, ularning ahamiyati.