«Gidrogazodinamika, gidromashinalar va gidropnevmoyuritmalar»

Ushbu kitob "Gidrogazodinamika, gidromashinalar va gidropnevmoyuritmalar" fanidan tajriba ishlarini bajarishga oid uslubiy qo'llanma bo'lib, "Issiqlik energetikasi" yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada suyuqliklar va gazlar yordamida energiyani uzatish, saqlash, energiya qurilmalarini loyihalashtirish va ishlatish, hamda gidroapparaturalarni tanlash, qo'llash, ishlash prinsiplari yoritilgan. Shuningdek, kitobda talabalar tajriba ishlarini bajarishda elektr uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari lozimligi ta'kidlangan.

Asosiy mavzular

  • P'ezometr va to'liq bosim chizig'ini chizish: Tajribada potensial va kinetik energiyalarning Bernulli tenglamasi asosida o'zgarishini tekshirish, p'ezometr va to'liq bosim chizig'ini chizish, bosim yo'qolish kattaligini topish.
  • Gidravlik qarshilik koeffisentini tajriba yo'li bilan aniqlash: Tajribada gidravlik qarshilik koeffitsentini kattaligini aniqlash, suvning oqim harakatini va qarshiliklar sohasini aniqlash, gidravlik yo'qotish koeffitsentining tajriba va nazariy kattaliklarini taqqoslash.
  • Mahalliy qarshiliklar koeffitsentini tajriba yo'li bilan aniqlash: Tajribada maxalliy qarshiliklar koeffitsentining kattaligini aniqlash, nazariy va tajriba yo'li topilgan mahalliy qarshiliklar koeffitsentini o'zaro taqqoslash.
  • Suyuqliklar harakat tartibini o'rganish: Silindrsimon quvurda oqayotgan suyuqlikning laminar va turbulent xarakatini ko'zatish, laminar va turbulent harakat tartiblarini Reynolds soni orqali aniqlash.
  • Qattiq modda zarrasining gaz oqimidagi muallaq holat tezligini aniqlash: Og'irligi va o'lchamlari har xil bo'lgan yumaloq shaklli donador zarralarning muallaqlik tezligini aniqlash, amaliy olingan va nazariy hisoblangan qiymatlarning taqqoslash va tahlil qilish.
  • Havo oqimida joylashgan jismning qarshilik kuchini aniqlash: Shar va tekis to'rtburchakli yassi jismning qarshilik kuchi va qarshilik koeffitsentini aniqlash.
  • Venturi suv o'lchagichini tajribada sinash: Tajribada Venturi suv o'lchagichining doimiysini topish, suv o'lchagichning tajribada tarirovka grafigini qurish.
  • Yupqa devorli kichik teshikdan suyuqlik oqishini tekshirish: Tajribada suyuqlik yupqa devorli kichik teshikdan oqayotganda siqilish E, tezlik v, sarf u hamda mahalliy qarshilik koeffisentlarini topish.
  • Mavhum qaynash qatlamining asosiy gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash: Mayda zarralardan iborat qattiq jismning qo'zg'almas qattiq jismning qo'zg'almas qatlam holatiga o'tishning ko'rinishini kuzatish, donador zarralardan iborat mavhum qaynash qatlamidagi bosimlar farqini tajribada aniqlash, mavhum qaynash qatlamining ishlash chegaralarni tajribada aniqlash.