Iqtisodiy bilim asoslari fani chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 3-4-sinflari uchun ona tili fanidan o’quv dasturi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan, davlat va huquq asoslari fani chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarning 3-4-sinflari uchun mo'ljallangan ona tili o'quv dasturidir. Dasturda o'quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olingan holda tilshunoslikning asosiy tushunchalari, so'z turkumlari, gap tuzilishi va bog'lanishli nutq elementlari o'rgatiladi.
Asosiy mavzular
- 2-sinfda o'tilganlarni takrorlash va umumlashtirish: Nutq va gap, gap va matn, so'z, gapning turlari, gapning kim? yoki nima? haqida aytilganini va u haqida nima deyilganini bildirgan so'zlar. So'z va so'zlarning nomlashga ko'ra guruhlanishi.
- Tovushlar va harflar: Unli va undosh tovushlar, bo'g'in, so'zlarni bo'g'inlarga bo'lish va ko'chirish qoidalari, tovush va harf jihatdan tahlil qilish, tutuq belgisi, sh, ch, ng harf birikmalari va ularning imlosi.
- Gap: Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari: darak, so'roq, buyruq, istak gap. Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko'ra turlari, nuqta, so'roq belgilari, his hayajon bilan aytilgan gapning oxiriga undov belgisining qoʻyilishi.
- Gap bo'laklari: Gapning bosh bo'laklari, ikkinchi darajali bo'laklari, ega va kesim mazmunini to'ldirishda ikkinchi darajali boʻlaklarning ahamiyati, gapda so'zlarning oʻzaro bog'lanishi.
- So`z tarkibi: So'zning tarkibi haqida umumiy tushuncha: o`zak va oʻzakdosh soʻzlar, so'z yasovchi qoʻshimchalar, yasovchi qoʻshimchalarning oʻzakdosh soʻzlar hosil qilishi, so'z o'zgartuvchi qo'shimchalar.
- So`z turkumlari: So'z turkumlari haqida umumiy tushuncha, so'zlarning ma'no va vazifasiga koʻra guruh-turkumlarga boʻlinishi: ot, sifat, son, fe'l.
- Bog'lanishli nutq: Yozma nutq va uning matn shaklida namoyon boʻlishi. Matnni mazmunan tugallangan qismlarga boʻlish. Matn qismlariga sarlavha tanlash; matn qismlarini va har bir qismdagi gaplarni oʻzaro bogliqligi; matnning tuzilishi. Xabar (hikoya), harakat haqidagi matnni berilgan yoki oʻquvchi oʻzi tuzgan reja asosida qayta bayon qilish
- Husnixat: Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish; (harflarning balandlik va kenglik oʻlchamini oʻzlashtirish) oʻquvchilar uchun qiyin boʻlgan ayrim bosh va kichik harflarni (I, S, H, f, q, p, s) yozishga shuningdek, harflarni toʻgʻri tutashtirishga rioya qilish, soʻzlar, gaplarni ko'chirib yozish, eshitib yozish.