Ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarining 4-sinfi uchun matematika fanidan o’quv dasturi

Ushbu kitob 4-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan matematika darsligi bo'lib, unda mingliklar, ko'p xonali sonlar, raqamlash, qo'shish va ayirish amallari, o'lchov birliklari, ko'paytirish va bo'lish amallari, mulohazalar kabi mavzular yoritilgan. Darslik o'quvchilarga matematik bilimlarni chuqurlashtirish va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Asosiy mavzular

  • Minglik: Ushbu bo'limda o'quvchilar 3-sinfda o'tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish, to'rt arifmetik amalni bajarish tartibini, uch xonali sonlarni qo'shish va ayirishning yozma usullarini, bir xonali va ikki xonali sonlarga ko'paytirish va bo'lishni o'rganadilar. Shuningdek, natijasi sodda hamda tarkibli qismli sonlar bilan ifodalanadigan kattaliklarni o'lchashga oid mashqlar bilan tanishadilar.
  • 1 dan 1 000000 gacha boʻlgan sonlar. Raqamlash: Ushbu bo'limda o'quvchilar koʻp xonali sonlarni oʻqish, yozish va taqqoslash, birlar va minglar sinfi, oʻnli sanoq sistemasi, sonlarni yozishda raqamning oʻrin qiymati, pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalari, koʻp xonali sonni uning xona qoʻshiluvchilarining yig'indisi koʻrinishida ifodalash, sonni 10, 100, 1000 marta orttirish (kamaytirish), matematika tarixidan ma'lumotlar, rim raqamlari, tengsizliklar va qoʻsh tengsizlik, yig'indini, ayirmani, koʻpaytmani va boʻlinmalarni taqqoslash, arifmetik amallar natijalarini chamalash, oʻrganilgan ko'rinishlardagi hamda to'rtinchi proporsionalni topishga doir tarkibli masalalarni yechish, yassi shakllar va geometrik jismlar haqida bilimlarni olishadi.
  • Koʻp xonali sonlarni qoʻshish va ayirish: Ushbu bo'limda o'quvchilar qo'shish va ayirish (bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish), qoʻshish va ayirish bilan yechiladigan masalalar, bir necha sonni qoʻshishda qoʻshiluvchilarning o'rinlarini almashtirish va guruhlash, yig'indi va qoʻshiluvchilar orasidagi; kamayuvchi, ayriluvchi va ayirma orasidagi oʻzaro bogʻlanishlar, qo'shish va ayirishni tekshirish usullari, x +312 = 654 + 79,729 - x = 217 + 163, x - 137 = 500 - 140 koʻrinishidagi tenglamalarni yechishni o'rganadilar.
  • Oʻlchov birliklari: Ushbu bo'limda o'quvchilar uzunlik, yuz, massa, vaqt birliklari, ular orasidagi munosabatlar, hodisaning boshlanishi, tugashi va davomiyligani aniqlashga doir masalalar, tarkibli miqdorlar ustida amallar bilan tanishadilar.
  • Koʻp xonali sonlarni koʻpaytirish va boʻlish: Ushbu bo'limda o'quvchilar ko'paytirish va boʻlish (bilimlarni umumlashtirish va tizimga solish), koʻpaytirish va boʻlish amallari bilan yechiladigan masalalar, koʻpaytirish va bo'lishning komponentlari va natijalari orasidagi oʻzaro bog'lanishlar, ko'paytirishning o'rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossasalari, yigʻindini songa va sonni yigʻindiga koʻpaytirish, yigʻindini songa boʻlish va sonni koʻpaytmaga ko'paytirish va boʻlish, og'zaki va yozma koʻpaytirish va boʻlish usullari, nisbatni kasr ko'rinishda ifodalash, oddiy kasrlar, maxraji teng bo'lgan kasr sonlarni qo'shish va ayirish, to'g'ri va noto'g'ri kasrlar, tenglamalarni amallarning komponentlari va natijalari orasidagi oʻzaro bog'liqlik asosida yechish kabilarni o'rganishadi.
  • Mulohazalar: Ushbu bo'limda o'quvchilar sonlarning 2ga, 4ga, 5ga va 10 ga bo'linish alomatlari, 3ga, 6ga va 9 ga bo'linish alomatlari, sonning bo'luvchilari to'plami, mulohaza va uning qiymati, mulohazalar tuzish va mantiqiy imkoniyatlar bilan tanishadi.